Samarqand

Kattaqo‘rg‘onda 150 dan ziyod oila ajralish arafasida, buni arzirli sababi bormi?!

Kattaqo‘rg‘on tumanida oilaviy ajrimlar 2018  yilda 24 taga kamaygan. Ammo ayni paytda 150 dan ziyod oila ajralish arafasida. Ushbu oilalarda ajralishlarga arzirli sabablar bormi? Shar’iy nikoh bilan yashayotgan oilalar sonini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak? Ajrashgach, farzandini boqish va uy-joy masalasini hal qilish nega ayol kishiga qolib ketmoqda?

Mirziyoyev ertaga Yangi yildagi ilk tashrifni amalga oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida ertaga, 10 yanvar kuni Samarqand viloyatiga jo‘nab ketadi.

Samarqanddagi «SINO» zavodining rahbari qamoqqa olingan

Millionlab dollar sarmoya kiritilgan va xorijiy brendlar bilan hamkorlik o‘rnatgan Samarqanddagi “SINO” aksiyadorlik jamiyati joriy yilning yozida bankrot deb topilgan edi. “O‘zeltexsanoat” uyushmasida o‘tkazilgan brifingda uyushma raisi Alisher Abdullayev qarorda bu borada alohida band kiritilganini izohladi, deb yozmoqda O‘zA.

Samarqandda tavbasiga tayanmagan firibgar qo‘lga tushdi

Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro J.X.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda "aniq.uz"ning ishonchli manbasi xabar tarqatdi.

Bosh prokuratura Oqdaryoda do‘pposlanib, “samosud” qilingan ayol ishi tafsilotlarini ma’lum qildi

Avvalroq, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida maoshi evaziga dala egasining ruxsati bilan mosh terayotgan ayol fermerning ukalari tomonidan o‘g‘rilikda ayblanib, “samosud” qilingani, tahqirlangani va xo‘rlangani haqida xabar bergan edik.

Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumani Zarqo‘rg‘on mahallasida yashagan to‘rt kishidan iborat oila 2 yanvarga o‘tar kechasi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Samarqandlik fuqaro amakisini pichoqladi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumani Qulbosti mahallasida yashovchi J.A. uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashovchi amakisi B.G‘.ning qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

O‘g‘irlik sodir etgan noma’lum shaxs qisqa vaqt ichida fosh etildi

Joriy yilning 3 yanvar kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida yashovchi A.T. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yilning 16 dekabrdan 2019 yilning 3 yanvargacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga kirib, xonasidan pullari, mobil telefoni, fotoapparati va umumiy qiymati 8 mln. 500 ming so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Samarqandda fermerning ukalari xo‘jalikda ishlagan ayolni kaltaklab, buni videoga oldi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani, «Yangiobod» mahallasida yashovchi F.U. ism-sharifli ayol «Qumota buva» fermer xo‘jaligi raisi Z.U.ning ukalari dalada uni haqoratlagani va kaltaklagani yuzasidan 2018 yil 24 dekabr kuni tuman prokuraturasiga murojaat qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Samarqandda haydovchi yo‘lovchisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Samarqand tumanida shu yilning 2 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi R.J. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani Yangiariq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Qarshi” yo‘lining 6-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu yerdagi aylanma yo‘l beton to‘sig‘iga urilib, ag‘darilib ketgan.

Samarqanddagi baxtsiz hodisa natijasida 3 yashar bola vafot etdi

Samarqand shahrida 2 yanvar kuni Samarqand tumanida yashovchi 35-sonli o‘rta maktabning 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisi D.X. hujjatlarsiz bobosining nomidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Zarafshon shox ko‘chasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Samarqanddagi «Archa» bayrami tadbirida pirotexnika vositalarini sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Joriy yilning 27 dekabr kuni noqonuniy yo‘llar bilan respublika hududiga kirib kelgan pirotexnika vositalarining sotilishi va tarqatilishi yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi bilan viloyat soliq boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoniga o‘rnatilgan «Archa» bayrami tadbirida tezkor tadbir o‘tkazdi.