Samarqandda tavbasiga tayanmagan firibgar qo‘lga tushdi

Samarqandda tavbasiga tayanmagan firibgar qo‘lga tushdi

Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro J.X.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda aniq.uz ning ishonchli manbasi xabar tarqatdi.

J.J. oldin ham firibgarlik qilgani uchun bir necha bor jazoga tortilgan. Lekin bundan u xulosa chiqarmagan ko‘rinadi. Buning isboti u hech qayerda foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydi. Bo‘lmasa, yana jinoyatga qo‘l urmagan bo‘lardi. U boshqalarning mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida yana bir ishga qo‘l urdi.

J.J.ga fuqarolarning tabiiy gazdan qarzdorligini tekshirish, o‘chirish, gaz loyihasini rasmiylashtirib berish va xizmat ko‘rsatish vakolatini hech kim berib qo‘ymagan. U esa o‘zini fuqaro J.X.ga gaz idorasida bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan qilib ko‘rsatadi. Bundan buyog‘i va’dalar bolalab ketadi. Jumladan, gaz loyihasini qilib qo‘shimcha nuqta o‘rnatib berish, tabiiy gazdan qarzdorligi bo‘lmasa-da, unga 2 mln. so‘mdan ziyod qarzdorligini yo‘qotib berish kabi va’dalar beradi. Evaziga esa 350 ming so‘m so‘radi.

Bu pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari davomida J.J. muqaddam J.X.dan yuqoridagi va’dalarini amalga oshirishi uchun 650 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi b bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shahar prokuraturasiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!