AKSh
Rubio Tramp ma’muriyatining 2025 yilgi tashqi siyosatini “muvaffaqiyatli yil” deb atadi
Uning aytishicha, prezident Tramp xavfsizlik bo‘yicha asosiy va’dalarni bajargan, “eng yaxshisi esa hali oldinda”.
“Epshteyn ishi”ga doir fayllar orasidan Tramp bir ayolni zo‘rlagani haqidagi ma’lumot topildi
Voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatasiya qilishda ayblangan Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlar orasida 2020 yilda FQBga qilingan qo‘ng‘iroqning stenogrammasi aniqlangan.
Hindiston raketasi AQShning ACT SpaceMobile kompaniyasiga tegishli sun’iy yo‘ldoshni yer orbitasiga chiqardi
Ushbu sun’iy yo‘ldosh Direct-to-Cell, ya’ni mobil telefonlar bilan bevosita aloqa segmentida Starlink'ning yagona to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi hisoblanadi
Tramp Makronni bojlar joriy etish bilan qo‘rqitdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatda dori-darmonlar narxini oshirishni talab qilganini aytdi.
Tramp Epshteynning samolyotida kamida 8 marta uchgan
E’lon qilingan hujjatlar to‘plamining umumiy hajmi qariyb 10 Gb bo‘lib, unda deyarli 400 ta videoyozuv, shuningdek, ko‘plab jadvallar, gazeta qirqimlari va audiofayllar mavjud.
AQSh xorijda ishlab chiqarilgan dronlarni olib kirishni taqiqladi
Qayd etilishicha, taqiq faqat yangi dronlarga tegishli, AQShda allaqachon foydalanilayotgan dronlarga cheklov kiritilmaydi.
AQSh Tinch okeanida suzib ketayotgan yana bir kemaga zarba berdi
Harbiylar bayonotida aytilishicha, razvedka ushbu kema sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalar savdosi uchun ommabop bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlangan
AQSh sanksiyalari tufayli Rossiya neftining narxi arzonlashdimi?
Hozirda Rossiyadan jo‘natilayotgan Urals neftiga berilayotgan chegirma o‘rtacha hisobda barreliga 27 dollarni tashkil etmoqda.
AQSh «Oltin gumbaz»i uchun 70 tadan ortiq raketa kuzatuvchi sotib oladi
Bloomberg bunday buyurtmalarning uchinchi transhi haqidagi e’longa tayanib, AQSh Kosmik ishlanmalar agentligi «Oltin gumbaz» loyihasi uchun sun’iy yo‘ldoshlar yetkazib beruvchi to‘rtta mudofaa kompaniyasi bilan kelishuvga erishganini xabar qildi.
AQSh va Ukraina tinchlik rejasining 20 bandini tayyorlab bo‘ldi — Volodimir Zelenskiy
Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, Kiyev va Vashington Moskva bilan tinchlik kelishuvi hamda xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha bitimlar asosini tashkil etishi lozim bo‘lgan hujjatlar ustida ishlashni davom ettirmoqda.
Kennedi markazi vakili nom o‘zgartirilgani uchun Trampni sudga berdi
AQShning Ogayo shtatidan demokrat kongressmen Joys Bitti Vashingtondagi Kennedi markazi nomining o‘zgartirilgani munosabati bilan prezident Donald Tramp va uning tomonidan tayinlangan boshqaruv kengashi a’zolariga qarshi sud da’vosini kiritdi.
Tramp o‘z nomi bilan ataladigan yangi harbiy kemalar qurilishini e’lon qildi
Bu haqda The New York Times xabar berdi.