Zo‘rdan zo‘r chiqdi: yangi serial "Kalmar o‘yini"ni ortda qoldirdi (VIDEO)

Zo‘rdan zo‘r chiqdi: yangi serial "Kalmar o‘yini"ni ortda qoldirdi (VIDEO)

Janubiy Koreyaning yangi qo‘rqinchli “Do‘zax chaqiruvi” seriali Netflix platformasida eng ko‘p tomosha qilingan loyihalar ro‘yxatida “Kalmar o‘yini”dan o‘zib ketdi. Bu haqda 23 noyabr kuni The Guardian gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, rejissyor Yong Sang Xo tomonidan suratga olingan olti qismli “Do‘zax chaqiruvi” seriali 20 noyabr kuni premyeradan 24 soat o‘tib, 80 dan ortiq mamlakatlarda eng ko‘p ko‘rilgan teleserialga aylangan.

Dahshat syujetiga ko‘ra, jinlar to‘satdan Yerda paydo bo‘lib, gunohkorlarni do‘zaxga olib boradi. Bu odamlar orasida ijtimoiy isteriya va diniy aqidaparastlikning avj olishiga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!