Zilziladan zarar ko‘rgan Afg‘onistonga Turkiya yordam yubordi

Zilziladan zarar ko‘rgan Afg‘onistonga Turkiya yordam yubordi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Afg‘oniston janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlariga oziq-ovqat yordami yubordi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Insonparvarlik yordami tabiiy ofat hududida yashovchi 500 oilaga taqsimlanadi.

Qayd etilishicha, Turk Qizil yarim oy jamiyatining mintaqadagi xodimlari zilziladan jabr ko‘rganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun safarbar qilingan. Bu oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Afg‘onistonning janubi-sharqidagi Paktika viloyatida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilzila qurbonlari soni 1000 nafarga yetdi, deb xabar berdi mamlakat davlat axborot agentligi avvalroq.

22 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan silkinishlar natijasida kamida 1500 kishi jabrlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!