Zelenskiy: Ukrainaning AQSh harbiy yordamisiz omon qolishi «juda, juda qiyin»

Bu Ukraina Rossiyaning keng miqyosli bosqinini qaytarishga urinayotgan paytda ham, kelajakda urush tugaganidan keyin ham dolzarbdir, deb ta’kidladi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Meet the Press» dasturiga bergan intervyusida, undan parchalar NBC News telekanali tomonidan nashr etilgan. «Men Amerika ko‘magisiz Rossiyaga qarshi kurash haqida o‘ylashni xohlamayman». Men AQSh bilan strategik sherik bo‘la olmaymiz deb o‘ylamoqchi emasman”, dedi Zelenskiy boshlovchi Kristen Uelkerga.
Agar Qo‘shma Shtatlar Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etmasa, Ukraina kelajakda Rossiyaning yana bir yirik hujumiga duchor bo‘ladi, dedi u. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Putin muzokaralar stoliga urushni to‘xtatish uchun emas, balki Rossiyaga qarshi ba’zi xalqaro sanksiyalarni bekor qiladigan va armiyasining qayta to‘planishiga imkon beradigan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishmoqchi.
Bir kun avval Zelenskiy va AQSh vise-prezidenti Jeyms Devid Vens Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) doirasida muzokara o‘tkazgan edi. Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, Donald Trampning Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellog, Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari Andriy Yermak ham ishtirok etdi. Zelenskiy Rossiya bilan «juda qiyin» tinchlik jarayonini kutmoqda , lekin istalgan vaqtda «haqiqiy muzokaralarga» tayyor, dedi u MSC jurnalistlariga.