Zelenskiy Tramp bilan suhbatida Zaporoje AES masalasi muhokama qilinganini ma’lum qildi

"Zaporoje atom elektr stansiyasi (ZAES) Rossiya tomonidan mutlaqo noqonuniy ravishda ushlab turilgani uchun ishlamayapti", — dedi Ukraina prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampni Ukraina ZAES faoliyatini tiklashga qodirmi yoki yo‘qmi va Zelenskiy AQShning bu jarayondagi ishtirokiga qanday qarashi bilan qiziqqan, degan savollar bilan qiziqqan.
"Men AQSh prezidentiga agar Zaporoje AESni modernizasiya qilishni imkoni bo‘lsa, biz bu masalalarni muhokama qilishga tayyor ekanligimizni aytdim", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi Mayk Uols Oq uy rahbarining so‘zlarini yetkazib, AESni AQSh mulkiga aylantirish Ukraina energetika infratuzilmasini himoya qilishning eng yaxshi usuli bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi.
DPA agentligining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik nuqtai nazaridan Ukrainadagi to‘rtta atom elektr stansiyasini o‘z boshqaruviga olishni rejalashtirmoqda.