Zelenskiy Putinga: "Ukrainaliklarni qarmoqqa ilintirmang"

Zelenskiy Putinga: "Ukrainaliklarni qarmoqqa ilintirmang"

Ukrainaning bo‘lajak prezidenti Vladimir Zelenskiy RF hukumatiga Rossiya pasportlari bilan Ukraina fuqarolariga qarmoq tashlab, bekorga vaqt o‘tkazmaslikni maslahat bergan.

RF hukumatiga Rossiya pasportlari bilan Ukraina fuqarolariga qarmoq tashlab, bekorga vaqt o‘tkazishni maslahat bermagan bo‘lardim , deb murojaat qilgan Zelenskiy Vladimir Putinga Facebook sahifasi orqali.

U bu so‘zlarini Rossiya prezidentining barcha ukrainaliklarga RF pasportini berishni soddalashtirish haqidagi gapiga javoban aytgan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqaroligi tinch namoyishlarda qamalish va erkin va raqobatli saylovlarda qatnashmaslik huquqini qisman beradi.

Zelenskiy Rossiya bilan muloqotga tayyorligi, ammo bu muloqot tahdid, harbiy va iqtisodiy bosim tili da bo‘lmasligi kerakligini aytgan. Shuningdek, u RF hukumatiga asirlarni hammasini hammasiga almashtirishni taklif qilgan.

Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar faqat to‘liq deokkupasiyadan keyin normallashishini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!