Zelenskiy: Hozircha qarshi hujumni boshlay olmaymiz

Ukrainada qarshi hujum uchun qurol va o‘q-dorilar yetishmayapti. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
"Biz hamkorlarimizdan o‘q-dorilar kelishini kutmoqdamiz. Hozircha qarshi hujumni boshlay olmaymiz", — dedi Ukraina prezidenti Yaponiyaning Yomiuri Shimbun nashriga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat sharqida vaziyat og‘irligicha qolmoqda va Rossiya kuchlari har kuni Ukraina Qurolli kuchlariga qaraganda uch baravar ko‘p o‘q-dorilardan foydalanmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)