Zelenskiy Argentina Prezidentining inaugrasiyasida ishtirok etdi

Zelenskiy Argentina Prezidentining inaugrasiyasida ishtirok etdi

Yakshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Argentinaga tashrif bilan keldi. 10 dekabr kuni u mamlakatning saylangan prezidenti Xaver Maylining inaugurasiya marosimida ishtirok etadi.

Reuters ta’kidlashicha, bu Zelenskiyning Lotin Amerikasiga ilk safari. Zelenskiy Ukrainaning Rossiyaga qarshi urushida Global Janubdagi davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga qaratilgan uzoq yillik sa’y-harakatlariga e’tibor qaratadi. Libertar qarashlar tarafdori Xaver Mayli saylovoldi tashviqoti davomida bir necha bor Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlagan va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni qoralagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!