ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA SAYLOV JARAYONLARI

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA SAYLOV JARAYONLARI

Ma’lumki, joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda katta siyosiy tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirni yuksak saviyada tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Buni milliy saylov tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ko‘lamli ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda izchil ishlar bosh­langaniga uch yildan oshdi. Jumladan, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga (SJBAT) asos solinib, Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYAER) joriy etildi. Ushbu yangilik 2019 yili mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengashlarga o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli qo‘llanildi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 4 oktyabrda qabul qilingan “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini joriy qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Mazkur axborot tizimi huquqiy tajriba tartibida 2017 yil dekabr oyida Toshkent shahrida Xalq deputatlari tuman kengashlari saylovida sinovdan o‘tkazilib, mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholangan edi.

Uning afzalligi shundaki, ushbu tizim “Bir saylovchi — bir ovoz” tamoyilini ta’minlash, bir saylovchining bir necha ro‘yxatga kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ma’muriy-hududiy birliklar kesimida hamda xorijda yashab turgan umumiy saylovchilar sonini, saylov okruglari va uchastkalari bo‘yicha saylovchilar normalarini belgilash uchun qulay imkoniyat yaratadi. Yagona elektron ro‘yxatni qo‘llashni tartibga soluvchi normalar Saylov kodeksida ham mustahkamlangan. Shu ma’noda, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi nafaqat qonunchilik nuqtai nazaridan, balki texnik-texnologik jihozlarni qo‘llash jihatdan ham mutlaqo yangicha shakl­­da o‘tadi.

Joriy yilda “Saylov-2021” portali hamda mobil ilovasining ishga tushirilishi ham ana shunday muhim yangilik sifatida millionlab saylovchilar, saylov tashkilotchilari, ekspertlar, kuzatuvchilar, nomzodlar, partiyalar faollarining og‘irini yengil qiladi. Portalga saylov bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, barcha darajadagi saylov komissiyalarining tarkibi, manzili, telefon raqamlariga oid ma’lumotlar, saylov ishtirokchilariga mo‘ljallangan o‘quv materiallari, eslatma va uslubiy tavsiyalar, elektron kutubxona hamda savollarga javoblar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida yuklab boriladi.

2019 yil parlament va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylov kuni mamlakatimizning turli hududlaridagi olt­mishta saylov uchastkasiga tajriba-sinov sifatida o‘rnatilgan 120 videokamera saylovchilarning ovoz berish jarayonini Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markaziga va internet orqali onlayn rejimida butun dunyoga namoyish qilib turdi. Yigirmata saylov uchastkasiga ovoz berish chog‘ida fuqarolarning shaxsini aniqlash uchun biometrik hujjatlarni “o‘qiydigan” oltmishta qurilmadan tajriba sifatida foydalanildi. Joriy yil saylovlarida ushbu amaliyotni yanada kengaytirilgan tarzda qo‘llash choralari ko‘rilmoqda.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati o‘zi nima?

SYAER — O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, doimiy yoki vaqtincha turar-joyga ega fuqarolariga oid ma’lumotlar bazasi. Ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan fuqarolar ham saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Shakllantirilgan SYAERni Prezident saylovida samarali qo‘llash uchun uni yanada takomillashtirish muhim vazifa sifatida belgilandi. Ushbu vazifalar joriy yilning 15 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi tomonidan tasdiqlangan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasida o‘z ifodasini topdi.

Ayni paytda, SYAERni shakllantirish uchun mas’ul organlar ro‘yxati kengaytirildi. Ro‘yxatda saylovchining nafaqat biometrik pasportiga oid, balki jismoniy shaxsning identifikasiya ID-kartasi seriyasi va raqamiga doir ma’lumotlar ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

Shakllantirilgan SYAERdagi ma’lumotlarni yangilash va dolzarblashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, mahalliy hokimliklar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan joylarda fevral-may oylarida fuqarolarning yana bir bor xatlovi o‘tkazildi. Xatlov natijalari joylarda tashkil etilgan ishchi guruhlarning shtab­lari yordamida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” dasturida 21 milliondan ziyod fuqaroning pasport ma’lumotlari turar-joy kadastr raqamiga bog‘lab chiqildi. Xatlov jarayonida Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan 7 millionga yaqin xonadonning barchasi o‘rganildi va ko‘chmas mulk ob’ektining kadastr raqami aniqlashtirildi.

Amalga oshirilgan bunday ishlar samarasida endi dadil aytish mumkinki, mabodo, saylovchilar ro‘yxatida xato va noaniqliklar aniqlansa, har bir fuqaro tegishli saylov komissiyasiga murojaat etishi mumkin. Muammo zudlik bilan bartaraf etiladi.

Deylik, biror saylovchining yashash joyi o‘zgarsa, boshqa yerda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tsa, bu o‘zgarish SYAERda o‘z aksini topadi. Saylovchining faqat bir joyda bir marta ovoz berishiga xizmat qiladi. Har bir saylovchining qayerda, qachon ovoz bergani yoki bermagani yagona bazada qayd etiladi. Shuningdek, butun oila nomidan bir kishi kelib ovoz berishi holatlariga ham chek qo‘yiladi.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati saylovchilar uchun yana ko‘plab qulayliklar yaratadi. Masalan, saylovchi Markaziy saylov komissiyasi saytini va Yagona interaktiv xizmatlar davlat portalini ochib, pasport ma’lumotlarini kiritish orqali o‘zining qaysi saylov uchastkasiga taalluqli ekanini va saylov uchastkasi joylashgan manzilni osonlik bilan aniqlashi mumkin bo‘ladi. Mazkur xizmat saylov kampaniyasi davrida ishga tushiriladi.

Saylov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi ilk bor Saylov kodeksi asosida o‘tadigan Prezident saylovini milliy saylov qonunchiligi va umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va prinsip­lar asosida demokratik, ochiq-oshkora tashkil etishga xizmat qiladi.

Sherzod ALIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Putinning vorisi kim bo‘ladi? U kimni tanlaydi?

Путин кетса, ким келади? Россияда ворислар ҳақида очиқ баёнот.

Moskvadagi portlashda ikki kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда фавқулодда хизматлар маълум қилди.

"Inter" va "Real"ga qarshi o‘yinlarda "Barselona" darvozasini kim qo‘riqlashi ma’lum bo‘ldi

"Барселона" бош мураббийи Ханс Флик Чемпионлар Лигаси ярим финалидан ўрин олган "Интер"га қарши жавоб ўйинида қайси дарвозабон майдонга тушишини айтди.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

9-may oldidan Zelenskiy boshqa davlatlarni ogohlantirdi

Россиядан 9-май куни “провокациялар” бўлиши мумкин.

Boysunda gaz atayin yoqib yuborilgani ma’lum qilindi

2025 йил 5 май куни соат тонгги 6:10 да “Мустақиллик-25” конидаги 202-қудуқда таркибида водород сулфиди юқори бўлган газнинг катта босим билан отилиши ва натижада фонтанланиш ҳолатининг қайталаниши кузатилди.

Turkiya 2025 yilning ilk choragida turizmdan rekord darajadagi 9,5 milliard dollar daromad oldi

Туркия 2025 йил 1 чорак туризм натижаларини эълон қилди. Унга кўра, Туркия 2025 йилнинг 1 январидан 31 мартгача 8,844 миллион халқаро сайёҳни қабул қилди ва туризмдан рекорд дараажадаги 9,5 миллиард доллар даромад олди. Туркия Маданият ва туризм вазири Меҳмет Нури Эрсой Истанбулда ўтказилган матбуот анжуманида мамлакатнинг биринчи чоракда энг яхши кўрсаткичга эришганини маълум қилди.

BMT: G‘azo "misli ko‘rilmagan gumanitar falokat" bilan yuzlashmoqda

Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (УНРWА) Исроилнинг Ғазо секторини "тўлиқ блокадаси" тўққизинчи ҳафтасига киргач, минтақа "мисли кўрилмаган инсонпарварлик фалокатига" дуч келганини айтди.

Trampning aytishicha, Rossiya va Ukraina bo‘yicha muzokaralar yaxshi

АҚШ президенти Доналд Трамп дам олиш кунлари Россия ва Украина бўйича “жуда яхши” музокаралар ўтказганини айтди .

Evropa Ittifoqi Britaniyaning jinoiy ma’lumotlar bazasiga kirishini rad etadi

Бу ҳақда Times газетаси хабардор манбаларга таяниб ёзмоқда.

AQSHDA 60 yildan ortiq bedarak yo‘qolgan ayol topildi

Бейкберг эски очилмаган жиноятларни текшириш натижасида топилган. Полиция аёлни интернет қидируви орқали топди.

Braziliyada Ledi Gaga konserti vaqtida sodir etilgan teraktning oldi olindi

Бу ҳақда Рио Гранде-ду-Сул штати ҳуқуқ-тартибот идоралари маълум қилди.

Trampning aytishicha, Rossiya "butun Ukraina uchun kurashmoqchi"

АҚШ президенти Доналд Трамп “Россия бутун Украинани хоҳлайди ” деб ҳисоблайди. Бу ҳақда Украинанинг “Обозревател” нашри ёзмоқда .

AQSh Ukraina bo‘yicha kelishuvdan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

Бу ҳақда Америка етакчиси Доналд Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди.

AQSh Sanadagi hutiylarning qurol omborlariga zarba berdi

Бу ҳақда Ал Арабия телеканали хабар берди.

Pokiston BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilmoqda

Бу ҳақда Покистон миссияси вакили Аманат Али маълум қилди.

Tramp 1963 yilda yopilgan Alkatrazni qayta ochishni buyurdi

Бу ҳақда АҚШ президенти Доналд Трамп Truth ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Keyingi haftada sayyoramiz atrofida 53 yildan buyon aylanib yurgan 500 kilogrammlik sovet kemasi Yerga qulaydi

1972 йилда учирилган «Космос 482» кемаси Венерага учиши керак эди, аммо носозликлар туфайли у ҳеч қачон Ер ёнидаги орбитадан чиқа олмади ва энди тахминан 10 майда Ерга қулайди.

Tramp yana Grenlandiya va Kanadani "qo‘shib olish" haqida gapirdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Канада АҚШ таркибига ҳарбий куч билан қўшилишини реал деб ҳисобламаслигини айтди.

Hindiston Pokiston bilan chegaradagi Baglixar to‘g‘oni orqali suv oqimini to‘xtatdi

Бу ҳақда PTI агентлиги хабар берди.

Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi

Бу ҳақда Кремл матбуот хизмати хабар берди.

Germaniyada migrasiya siyosati kuchaytiriladi

Германия чегараларида назоратни кучайтириш ва миграция сиёсатини кучайтириш бўйича буйруқ беришини маълум қилди.

ID G‘azo sektori bo‘ylab quruqlikdagi operasiyalarni e’lon qildi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати хабар бермоқда, деб ёзади “Репорт” .

O‘zbekistonlik chavandoz Erondagi turnirda oltin medal qo‘lga kiritdi

Теҳронда от спортининг конкур йўналиши бўйича CSIY-B халқаро турнири бўлиб ўтди.

Litvada NATO xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi

Литвада Германиянинг 30 та вертолёти иштирокида НАТОнинг халқаро ҳарбий машғулотлари бўлиб ўтмоқда, деб хабар берди ТАСС.