Zaharli ilonlar oroli yoki ilonlar respublikasi

Zaharli ilonlar oroli yoki ilonlar respublikasi

Braziliyaning San Paulu shtatiga qarashli Peruibi munisipalitetining tarkibida Ilya da Keymada Grande nomi ila ataluvchi orol mavjud bo‘lib u orol San Paulu shtati sohillaridan 33 km uzoqlikda Atlantika okeanida joylashgan. Oldiniga Keymada Grande oroli Braziliya hukumati uchun aslida mazkur mamlakatga keladigan va ushbu mamlakatdan ketadigan kemalarni yo‘ldan adashmasligi uchun, ob-havoni ushba kemalarga bildirib turish uchun xizmat qilgan. Shuning uchun ham Keymada Grandega Braziliya armiyasi 1909 yilda uzoqdan ko‘rinib turadigan mayoq o‘rnatadi. Mayoq oldiniga insonlar tomonidan boshqariladi. Keyinchalik esa u avtomotik rejimga o‘zgartiriladi va bu oroldan inson qadami butunlay uziladi. 1917 yildan keyin Keymada Grande orolida ilonlarning evolyusiyasi tezlasha boradi. Bunga esa asosiy sabab orol muhitining shunga ko‘mak berishidadir. Ya’nikim orol sharoitida ilonlar bemalol, xavfsiz ko‘payish jarayonini boshdan kechirishadi.

Oldiniga bu yerda mavjud bo‘lgan banan plantasiyalari 1924 yildan boshlab yo‘q qilinadi. Bu esa Kemada Grandeni ilonlarning ixtiyoriga o‘tganligidan dalolat berardi va shunday bo‘ldi ham. 1977 yilda Kemada Grandega u yerdagi zaxarli ilonlarni urganish uchun borgan Kolumbiyalik Emili Tomas uz kundaligida shunday yozadi. Bu yer endi yerdagi duzzaxga aylanibdi. Tezroq meni olib kelgan harbiylarga bu orolga insonlarni qo‘ymasligi haqida aytishim kerak, negaki ular shu darajada ko‘pki ilonlarning qaysi biri zaharli yoki zaharsiz ekanligini bilish uchun ham narigi dunyoga borib kelish kerak bo‘ladi. Ularning hammasi bir joyda, to‘da bo‘lib yasharkan. Hayron qoldim, ilonlarning to‘da bo‘lib yashaganini kamdan kam uchratganman. Mana usha Keymada Grand haqida yozilgan ilk qaydlar. Shundan keyin aniqrog‘i 1985 yilga kelib Braziliya hukumati Keymada Grandeni butunlay harbiylar va olimlar guruhidan boshqa birovlar uchun yopib tashlaydi.

Eng so‘ngi anik faktlarga ko‘ra ilonlar respublikasi deb ataladigan orolda bugungi kunda 430 mingdan ortiq zaharli ilon mavjud. Aytishlariga qaraganda chatishish natijasida bu orolda paydo bo‘lgan ayrim ilonlar hali fan uchun ham noma’lum zaharga ega hisoblanarkan. 2015 yilning 8 avgust kuni Kemada Grande haqida olim Markes Otavio portugal tilida bormasdan oldin qayerga ketayotganingni bilib qo‘y nomli maqola e’lon kiladi. Unda olim ilonlar orolida shu kungacha qurbon bo‘lganu ammo jasadlari olib ketilmagan kishilar haqida yozgan. Bundan kelib chiqadiki u yerga borish bor ammo qaytish yo‘q agar maxsus kiyim bo‘lmasa. Ilonlar orolini eng so‘ngi marta 2015 yilning mart oyida Diskoveri kanali o‘rganganini aniq ma’lumot o‘rnida aytgan holda mavzuga xotima yasaymiz.

Manba: megadunyo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!