— Farzandimning otasi bilan “ZAGS”imiz yo‘q. Hozirda birga yashamaymiz. U bolamga otalikni belgilatmoqchi. Men esa bunga qarshiman. Shuncha yil yo‘q bo‘lib ketib, endi otalikni da’vo qilishini istamayman. Genetik ekspertizada qizimning ishtirok etishini rad etishim mumkinmi?
Ismi sir tutildi.
G‘ayrat Ergashev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi raisi:
— Oila kodeksining 62-moddasiga binoan o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, otalik sud tartibida belgilanishi mumkin. Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta’minlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 25 noyabrdagi “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 8-sonli Qarorining 7- bandiga ko‘ra, qonunda otalikni belgilash to‘g‘risidagi nizolarni hal etish chog‘ida sud e’tiborga olishi zarur bo‘lgan muayyan shartlar belgilangan. Bu shartlar quyidagilardir:
• bolaning onasi va javobgarning bola tug‘ilishiga qadar birgalikda yashaganliklari va umumiy ro‘zg‘or yuritganliklari;
• bolaning onasi va javobgar bolani birgalikda tarbiya qilganliklari yoki ta’minlab turganliklari;
• javobgar otalikni tan olganligini ishonchli tasdiqlovchi boshqa dalillar mavjudligi.
Mazkur Plenum qarorining 8-bandiga ko‘ra, javobgarning bolaning onasi bilan birgalikda yashaganliklari va umumiy ro‘zg‘or yuritganliklari oilaviy munosabatlarga xos bo‘lgan holatlar (homila paydo bo‘lgan vaqtda va bola tug‘ilgunga qadar bitta turar-joyda yashash, umumiy byudjet yuritish, birgalikda ovqatlanish, o‘zaro g‘amxo‘rlik, umumiy foydalanish uchun mol-mulk sotib olish va h.k.lar) mavjudligi bilan tasdiqlanadi. Taraflar birgalikda yashashganmi va umumiy ro‘zg‘or yuritishganmi, degan masalani hal etishda sud alohida olingan har bir holda ishning muayyan holatlaridan va taraflar hayotining ob’ektiv shart-sharoitlaridan kelib chiqishi lozim.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma talabiga ko‘ra, otalikni belgilash haqidagi ariza FHDYo organiga bola tug‘ilgungacha, bolaning tug‘ilishini qayd etish bilan bir vaqtda yoki bolaning tug‘ilishi qayd etilgandan so‘ng berilishi mumkin. Ariza FHDYo organining mas’ul xodimi tomonidan undagi ma’lumotlarni ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib qabul qilinadi.
Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda, uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi mas’ul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDYo organi, harbiy qism yoki jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.
Agar farzandingizni otaligini belgilatish yuzasidan farzandingizning otasi bilan o‘rtangizda nizo bo‘lsa, ushbu masala sud tartibida hal qilinadi. Agar taraflar o‘rtasida nizo bo‘lsa, sud holatga aniqlik kiritish maqsadida Odam DNKsi ekspertizasi tayinlashi mumkin.
Shuningdek, yuqorida qayd qilingan holatlar, ya’ni ota-onaning bola tug‘ilguniga qadar birga yashaganligi, umumiy ro‘zg‘or yuritganligi, voyaga yetmagan bolani birga tarbiya qilganligi, ta’minlab turganligi yoki javobgarning otalikni tan olganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lgan holda sud ushbu holatlarga asosan ham otalikni Odam DNKsi ekspertizasisiz ham belgilashi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.
20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.