Yurtimizda ilk marta bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi

Yurtimizda ilk marta bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi

Bu haqida yangi mehnat kodeksida aytiladi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr – dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!