Yurtimizda 25-26 may kunlari harorat pasayishi kutilmoqda

Yurtimizda 25-26 may kunlari harorat pasayishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 25—26 may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, shanba kuni kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 26-29 daraja, janubda 32-34 darajagacha bo‘ladi.

26 may, yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 17-22 darajagacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 24 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, 25—26 may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib turadi.

Toshkentda shanba kuni kunning ikkinchi yarmida va yakshanbaga o‘tar kechasi vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat shanba kuni kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja, yakshanba kuni kechasi 12-14 daraja, kunduzi 19-21daraja bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!