Yuriy Shatunov vafot etdi

Yuriy Shatunov vafot etdi

OAV xabarlariga ko‘ra, uning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘ldi.

Bugun, 23 iyun kuni kechqurun “Laskoviy may” guruhi solisti, 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti unga yaqin manbaga tayanib, xabar berdi.

OAV xabarlariga ko‘ra, uning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘ldi. Xonandani shifoxonaga olib ketishayotganda, tez yordam mashinasida joni uzildi.

Yuriy Shatunov 48 yoshda edi. Yoshligidanoq yulduzlik darajasiga erishgan Yuriy Shatunov umrining so‘nggi kuniga qadar musiqa bilan shug‘ullangan.

Yuriy Shatunov 1973 yil 6 sentyabr kuni Rossiyada tug‘ilgan. 2019 yilda uning “Lyubimie pesni” albomi chiqqan bo‘lsa, 2020 yilda yana uchta jamlanmasi — “Spasibo tebe”, “Ostanovitsya ne mogu” va “Zametayet listya sneg”ni muxlislariga taqdim etgan.

Uning “Ti pomnish…”, “Vspomni may”, “Sedaya noch”, “Ne molchi…” “Ya veryu…” kabi bir qator albomlari hamda “Belie rozi”, “Ne boysya”, “Zvyozdnaya noch” va “Detstvo” kabi qo‘shiqlari juda katta mashhurlikka erishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!