Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi.

36 yoshli mutaxassis Germaniya bilan amaldagi shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi.

Bu haqida Nemis futbol ittifoqi (DFB) xabar qildi. Shu tariqa Nagelsmann Yevro—2024 dan keyin ham terma jamoada ishlashda davom etadi. Mutaxassis jamoani AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon Chempionatiga ham olib boradi.

Yulidan 2023 yil sentyabr oyida Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi.

Avvalroq, murabbiyga “Liverpul” va “Bavariya”dan takliflar bo‘lgandi.

Nagelsmann bunga qadar “Hoffenhaym”, “Leypsig” va “Bavariya” kabi klublarda faoliyat olib borgan. Myunxenliklar bilan birgalikda 2021/22 yilgi mavsum Bundesliga chempionligini va 2021, 2022 yillarda Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!