Yosh xokkeychilarimiz muddatidan avval qit’a chempionligiga erishdi

Bugun, 15 mart kuni yosh xokkeychilarimiz Mo‘g‘ulistonda davom etayotgan qit’a chempionatining 4-turida musobaqada 3 ochko bilan 5-o‘rinda borayotgan Tailand terma jamoasini mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikka erishdi. O‘zbekiston — Tailand-10:2.
Endi hamyurtlarimiz ertaga, 16 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi bilan so‘nggi tur bahslarida ro‘baro‘ keladi.
Eslatib o‘tamiz, qit’aning 6 ta davlat terma jamoasi qatnashayotgan chempionatda hamyurtlarimiz o‘tgan tur bahslarida Turkmanistonni 5:0, Eronni 14:1, Mo‘g‘ulistonni 7:4 hisobida dog‘da qoldirgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)