Yosh tadbirkorlar mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishiga qanday hissa qo‘shyapti?

Yosh tadbirkorlar mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishiga qanday hissa qo‘shyapti?

Ishsizlik juda ko‘p muammolarga zamin yaratadi — jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo‘ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yo‘qki, ishsizlik muammosi bo‘lmasa. O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1,3 milliondan ortiq fuqaro ishsiz hisoblanadi.

Aholi sonining to‘xtovsiz o‘sib borishi, texnologiya rivojlanib yangi kasblar paydo bo‘lishi va bu jarayonda mutaxassis yetishtirib berish kabi masalalar ishsizlikni yanada dolzarb muammoga aylantirishi mumkin.

Buni hal qilishning yo‘li – yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni yoshlar o‘rtasida rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish.

Davlat bu borada yaxlit tizim yaratdi – endi yoshlarning biznes tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashiladi va shu orqali ularning bandligi ta’minlanadi.

✔️ Kreditlashning yangi tizimi

Biz so‘z yuritayotgan tizim – yoshlar tadbirkorligini kreditlashning yangi tizimi deb ataladi. Unga ko‘ra, yoshlarga o‘z biznesini boshlash uchun:

– jismoniy shaxslarga: 7 yil muddatga (3 yil imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda) 33 mln so‘mgacha;

– yuridik shaxslarga: 225 mln so‘mgacha mikrokreditlar berish boshlandi.

Bunga Prezidentning PF-4862 va PF-6260-son Farmoni, Hukumatning 388-son qarori bilan huquqiy asos yaratilgan.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Mikrokreditbank va Milliy bankning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi (oilakredit.uz) ishga tushirilib, kredit olishning onlayn tizimi yaratildi.

Natijada 2023 yil o‘tgan 9 oy davomida 121 ming 547 nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trln 438 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Misol uchun: Toshkent viloyati, Toshkent tumanida yashovchi Abrorova Xadicha Dilmurod qiziga o‘z yashash honadonida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 33 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Bugungi kunda 50 o‘rinliSORA KIDS” nomli oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

✔️ Loyihalarni moliyalashtirish tizimi

Tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda ularning innovasion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimi yaratildi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 21 dekabrda 765-sonli qaror chiqargan.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturlari tayyorlanib, bugungi kunga qadar 91 nafar yoshlarning 44,3 mlrd so‘m qiymatdagi istiqbolli loyihalari moliyalashtirildi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida 95 ming nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.

Misol uchun: Samarqand viloyati, Nurobod tumani “Sazag‘an” mahallasida yashovchi Karimov Furqat Xo‘jaqulovich o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu loyiha doirasida 300 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib mebel ishlab chiqarish (“Xumoyunshox sifat mebel” MCHJ) faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda 8 nafar mahalla yoshlarini doimiy bandligini ta’minlash bilan bir qatorda oylik aylanma mablag‘ hajmini 100 mln so‘mga yetkazgan.

✔️ Zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi

Yoshlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rgatishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangicha tartibi – “Kelajak kasblari” loyihasi joriy etildi. Ushbu loyiha doirasida 2023 yil davomida 3 ming 251 nafar yoshlarning o‘qish xarajatlarining 8,7 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lari qoplab berildi.

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va maskanlari orqali 43 ming 554 nafar yoshlar bir qator kasb-hunarlarga o‘qitildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash borasida Ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalarini kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga kelajakda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rgatishga qaratilgan “SkillsCamp” loyihasi amalga oshirilib, ushbu loyiha doirasida 1 000 nafar IT, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, media, piar, SMM, turizm, brending, xorijiy tillar, biznes, startap, ta’lim, pedagogika, xalqaro huquq va munosabatlar, moliya, iqtisod, arxitektura va landshaft sohalariga qiziqqan yoshlar qamrab olindi.

Bundan tashqari, yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga qiziqtirish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida 2023 yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ilk marotaba tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida 4 bosqichda “Kasblar tanlovi” tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etish maqsadida “Beshtashabbus.uz” elektron platformasi orqali Respublika bo‘yicha jami 732 120 nafar yoshlar (shundan, 409 459 nafari ayollar) ro‘yxatdan o‘tib, loyihada qatnashish istagini bildirdi.

Tanlovda ishtirok etgan 4 ming 160 nafar yoshlarni rag‘batlantirish uchun jami 9 mlrd. 160 mln. so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilib, tegishli soha bo‘yicha asbob-uskunalar bilan taqdirlandi.

Tanlov g‘oliblari o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishi uchun 1-o‘rin 100 mln so‘m, 2-o‘rin 75 mln so‘m, 3-o‘rin 50 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Misol uchun: Tanlovning “tikuvchilik” yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga qiritgan qashqadaryolik Shoqulov Javohir Jumanazar o‘g‘li ushbu mablag‘lar evaziga 5 ta to‘g‘ri chokli tikuv mashinasi, 2 ta overlog mashinasi, 2 ta maxsus dazmol hamda 2 ta ish stoli va stullar sotib olib o‘z faoliyatini kengaytirgan. Natijada bugungi kunda 6 nafar yoshni doimiy bandligini ta’minlash bilan bir qatorda 12 nafar mahalla yoshlariga o‘z kasbining sir asrorlarini o‘rgatmoqda.

✔️ Yerlarni ijaraga berish tizimi

Joylarda ishsiz yoshlarning daromad manbaini yaratish orqali bandligini ta’minlash maqsadida zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berish tizimi joriy etildi.

2023 yilning 9 oyi davomida ushbu tizim orqali 79 ming 594 nafar yoshlarga 29 ming 534 gektar er maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berildi.

Misol uchun: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Shoirlar mahallasida yashovchi Yuldashev Og‘abek Otabek o‘g‘li “Yoshlar daftari”ga kiritilib, “E-Auksion” orqali 30 sotix yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda ushbu yer maydoniga “pomidor” poliz mahsulotini ekib 3,5 tonna hosil olishga, 14 mln so‘m daromad qilishga erishdi.

Bundan tashqari, targ‘ibot va tushuntirishlar orqali norasmiy sektorda band bo‘lgan 501 ming nafar ijtimoiy, sanoat, qishloq xo‘jaligi, axborot kommunikasiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zini-o‘zi band qilishga erishildi.

____________________

Xulosa:

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakat uchun nima beradi? Quyida bir necha sabablarga e’tiboringiz qaratiladi:

Birinchidan, yosh tadbirkorlar yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ishsizlikni kamaytirish va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ular iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga, sarmoya jalb etishga ham hissa qo‘shadi.

Ikkinchidan, yosh tadbirkorlar odatda bozorga yangi g‘oyalar va innovasion mahsulotlar yoki xizmatlar bilan kirib keladilar. Bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Uchinchidan, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bu biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish, kredit va moliyaviy ko‘makdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, lisenziyalash tartib-qoidalarini soddalashtirish, ta’lim va maslahat dasturlarini taqdim etishni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Agar Ukraina 9 may kuni Moskvaga hujum qilsa, Rossiya Kiyevga “Oreshnik” quroli bilan zarba berishi mumkin

Бу ҳақда Россия оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Shahboz Sharif Pokistonning g‘alabasini e’lon qildi

Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Vladimir Putinning G‘alaba paradidagi nutqi 10 daqiqa davom etdi

Путин парад иштирокчилари ва фахрийларни Ғалабанинг 80 йиллиги билан табриклади.

“Ota-onam men bilan gaplashmaydi…” Bloger Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti haqida intervyu berdi

Халқдан ўғирланган пулларга яшаётганимиз ҳақидаги гап-сўзлар мен ва оиламга ёпиштирилган бир тамға.

"Real"da kutilmagan qaror! Anchelotti "Barsa"ga qarshi Arda Gyulerni asosiy tarkibda tushiradi

Мадриднинг "Реал" клуби якшанба куни Ла Лига 35-турида "Барселона" меҳмони бўлади.

Lukashenko Moskvadan iloji boricha tezroq jo‘nab ketdi

Ҳукумат кортежининг Кремлдан Внуковогача етиб бориши тахминан 15-25 дақиқа вақт олади. Улар орасидаги масофа тахминан 37 километрни ташкил этади.

Vengriya qo‘shinlari kirishi uchun tayyorgarlik? Ukrainada ayg‘oqchilik tarmog‘i fosh qilindi

Венгрия разведкаси Закарпатеда аҳолининг, агар Венгрия Қуролли Кучлари минтақага кириб келса, қандай муносабатда бўлиши ҳақида маълумот тўплаган.

Estoniyaning Rossiya bilan chegarada joylashgan Narva shahrida, Putin Gitler qiyofasida tasvirlagan banner ilindi — “Meduza”

“Putler War Criminal” (“Путлер ҳарбий жиноятчи") деган ёзув туширилган баннер Нарва музейи жойлашган тарихий қаср деворига жойлаштирилди.

Mers Rossiyaga ogohlantirish yubordi

Агар тинчлик музокараси бўлмаса...

Samarqand shahrida gaz chaqnashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Мазкур ҳолат юзасидан дастлабки терговолди суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

Nigeriyada 600 000 dan ortiq bola ochlikdan o‘lishi mumkin

Нигерия ҳукумати ва БМТ вакилларининг қўшма баёнотида айтилишича, шимоли-шарқдаги Борно, Адамава ва Йобе (BAY) штатларида террорчилик ҳаракатлари туфайли гуманитар инқироз янада кучайган.

Turkiyada ovqatdan zaharlanish holatlari soni 133 nafarga yetdi

Самсунда овқатдан заҳарланганлар сони 133 нафарга етди.

Hindiston Pokistonga agressiv javob berishini ta’kidladi

Ҳиндистон Покистон билан муносабатлардаги кескинлашувни хохламайди, аммо агар Исломобод томонидан ҳарбий ҳужум қилинса, жуда қаттиқ жавоб беришини билдирди.

Hindiston Pokiston hujum qilganini da’vo qilmoqda

Ҳиндистон ҳарбийларига кўра, Покистон Жамму, Патҳанкот ва Удҳампур вилоятларидаги нишонларга ҳужум қилган.

Turkiyada talabalar orasida ommaviy zaharlanish

Ҳисобот бу ҳақда Ҳабер Глобал телеканалига таяниб хабар берди.

Armanistonda korrupsiyani tergov qilayotgan jurnalist hibsga olindi

Маълумотларга кўра, у бир неча соат олдин қўлга олинган ва ҳозирда полиция ҳибсхонасида. Қайд этилишича, Лилит Агекянга адвокати ва онаси билан учрашишга рухсат берилмаган.

Bill Geyts butun boyligini xayriya ishlariga sarflash rejasini e’lon qildi

Бу ҳақда у шахсий блогида ёзган.

Shimoliy Koreya Kim Chen In boshchiligida raketa mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Бу ҳақда Корея марказий ахборот агентлиги хабар берди.

Tramp badavlat amerikaliklarga soliqlarni 40 foizga oshirishi mumkin

Бу ҳақда Блоомберг хабар берди.

AQSh Yamandagi zarbalar uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Бу ҳақда NBC News хабар берди.

Buryatiyada o‘rmon yong‘inlari maydoni bir kun ichida ikki baravar ko‘paydi

Бу ҳақда Республика ўрмон хўжалиги агентлиги (РАЛҲ) маълум қилди, деб ёзади “ТАСС”.

Shvesiya shartli ozod qilish qoidalarini qattiqlashtirishi mumkin

Расмийлар ислоҳотни 2026 йил 1 январдан бошлашни режалаштирмоқда, гарчи аввалги ҳукумат комиссияси бундай ўзгаришлар маҳкумларнинг реабилитациясига хавф туғдириши ва ҳар йили 7 миллиард Швеция крони (тахминан 650 миллион доллар)гача қўшимча харажатларга олиб келиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантирса ҳам.

Evropa AQShga qarshi savdo jarima choralarini tayyorlamoqda

Европа Иттифоқи АҚШ президенти Дональд Трампнинг тариф сиёсатини жавобсиз қолдирмаслик учун АҚШ маҳсулотларига янги бож солиқлари жорий этилиши мумкин бўлган товарлар рўйхатини тузди. Бу ҳақда Politico нашри хабар берди.

Namanganda advokatga soqol sababli tahdid qilindi

Наманганда адвокат Б.Болтаевга нисбатан ички ишлар ходими томонидан таҳдид ва босим бўлгани ижтимоий тармоқларда муҳокама марказига айланди, деб ёзмоқда инсон ҳуқуқлари "Эзгулик" жамиятидан З.Мирзахмедов.

Surxondaryoda 633 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари томонидан терговга қадар текширув ишлари олиб борилмоқда.

Garvard AQSh ta’lim vazirining xatosi to‘la maktubiga munosabat bildirdi

Шундан сўнг университет маъмурияти расмий жавоб ўрнига хатни имло ва пунктуация хатолари тузатилган ҳолда вазирга қайтарди.