O‘tgan oyda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegasiyasi Germaniya Federativ Respublikasidagi xizmat safarida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi bilan bir qator loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi. Dunyo bo‘yicha 200 dan ortiq loyihalarga hamkorlik qilgan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi 2003-2015 yillarda O‘zbekistonda ham bir qator loyihalarni amalga oshirgan. Xalqaro hamkorlikni davom ettirish maqsadida kuni kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi vakili Ulrih Kiyentz, Agro bank xodimi Salohiddin Botirov, Mikrokreditbankmutaxassisi Abbos Mardonov, Xalq bankining mutasaddi vakiliAsliddin Eshboboyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Yoshlar fermerligini rivojlantirish bo‘limimudiri Mahmud Inoyatov va O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi bo‘lim mudiri Zuhriddin Abdusattorovlar ishtirokida yosh fermer va dehqon xo‘jaliklariga Germaniyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribalarini o‘rgatish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda loyiha ikki yillik mo‘ljal olish bosqichidan iborat bo‘ladi. Dastlabki bosqichda Toshkent shahrida Germaniyaning yetakchi mutaxassislari tomonidan 25 nafar murabbiy multiplikator o‘qituvchilar tayyorlanadi.
Hozirgi kunda tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini rivojlantirish yoki boshlashni maqsad qilgan yoshlarning 90 foiziimtiyozli ravishda kredit olishni istaydi. Banklarda imtiyozli kredit olish uchun yetarli darajada resurlar mavjud, lekin yoshlarning kreditlash jarayonida bilimlari yetarli bo‘lmaganligi sababli biznes reja tuzish, xujjatlar to‘plamini to‘liq shakllantirishlarida qiyinchilik yuzaga keladi. Shuning uchun yoshlarni bank bilan to‘g‘ri muomala qilishga o‘rgatish bo‘yicha Germaniya tajribasini joriy qilishni maqsad qilganmiz. Bu borada Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi bizga yaqindan ko‘mak beradigan bo‘ldi, deydi O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi bo‘lim mudiri Zuhriddin Abdusattorov.
O‘qitish jarayonida asosan yosh fermer va dehqon xo‘jaliklarini bank bilan to‘g‘ri muomala qilishi, banklarga biznes reja bilan bir qatorda xujjatlar portfoliosini to‘liq va to‘g‘ri topshirishini o‘rgatish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘qituvchilar namuna sifatida birinchi bo‘lib Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi yosh fermer va dehqonlarni o‘qitishni boshlaydi. Shunday qilib mo‘ljal olish davrida 3 ming nafardan ortiq o‘quvchilarni tayyorlash va natijada kreditlash jarayonini samaraliroq amalga oshirish, jumladan, kreditni ko‘rib chiqish muddatini qisqartirish va kreditlarni maqsadli guruhlarga ajratilish ko‘rsatkichini oshirishga erishish ko‘zda tutilgan.
Manba: darakchi. uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.
Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.