Yaponlarga bu yoqmadi

Yaponlarga bu yoqmadi

Yaponiya hukumati Rossiyaning Saxalin-2 neft-gaz loyihasi bo‘yicha harakatlariga “qattiq javob” berishga va’da bermoqda, deb yozadi “Yomiuri” gazetasi.

Yaponiyaga gaz yetkazib beruvchi ushbu loyihada ikki yapon kompaniyasining 20 foizdan ortiq ishtiroki bor. Prezident Putin o‘z farmoni bilan butun loyihani boshqarishni maxsus yaratilgan Rossiya davlat kompaniyasiga topshirdi.

Aytgancha, avvalroq Yaponiya Rossiyaning 33 milliard dollarga yaqin aktivlarini “sanksiyalar” doirasida muzlatib qo‘ygan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!