Yaponiyaning reytingi baland teledasturida Samarqand shahrining turizm salohiyati namoyish qilindi

A A A
Yaponiyaning reytingi baland teledasturida Samarqand shahrining turizm salohiyati namoyish qilindi

Yaponiyaning TBS telekanalining yuqori reytingli “Love it!” teledasturida Samarqand shahrining turizm salohiyati namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Dasturda Samarqand shahrining turizm salohiyati, tarixiy obidalari va milliy taomlarimiz haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, Yaponiya jamoatchiligiga Kunchiqar mamlakat poytaxtida joylashgan “Samarkand Terrace” o‘zbek milliy taomlari restorani ham tanishtirilgan.

Ko‘rsatuv davomida ishtirokchilar orasida O‘zbekiston haqida qiziqarli viktorina ham tashkil qilindi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, “Love it!” teleko‘rsatuvi Yaponiyaning reytingi eng yuqori bo‘lgan ko‘rsatuvlardan biri hisoblanib, haftaning dushanba-juma kunlari efirga uzatiladi. Ko‘rsatuvda qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etish bilan birga, mashhur insonlar ishtirokida viktorinalar ham o‘tkaziladi.

Ushbu telekursatuv mamlakatimiz turizm salohiyatini Yaponiyada kengroq targ‘ib etishga va O‘zbekistonga yaponiyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!