Yaponiyada toshqin va yer ko‘chkisi qurbonlari soni 72 kishiga yetdi

Yaponiyada toshqin va yer ko‘chkisi qurbonlari soni 72 kishiga yetdi

Yaponiyadagi favqulodda holat natijasida kamida 72 kishi halok bo‘ldi, kuchli yomg‘ir toshqinlar, ko‘chkilar va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib keldi.

Bu haqda Yaponiya davlat televideniyesi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, kamida 13 kishi bedarak yo‘qolgan. Ofatning asosiy zarbasi Kumamoto prefekturasiga berilgan - u yerda kamida 64 kishi halok bo‘lgan.

Dushanba kuni prefekturaga tashrif buyurgan Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe hukumat tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarni tezroq tiklash uchun barcha zaruriy ishlarni amalga oshirishiga va’da berdi.

Tabiiy ofat zonasida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, unga 20 mingdan ortiq mudofaa kuchlari jalb etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik natijasida kelib chiqqan ko‘chki va toshqinlar natijasida Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida 14 mingdan ortiq uy zarar ko‘rgan.

Mahalliy meteorologlarning ogohlantirishicha, yomg‘ir Yaponiya hududi bo‘ylab sharqqa qarab yurishda davom etmoqda va kuchli yog‘ingarchilik kamida seshanba kuniga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!