Yangiyo‘lda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi — FVV

Yangiyo‘lda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi  — FVV

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridan oqib o‘tuvchi kanalda cho‘kib ketgan bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Rustam Alimov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Rustam Alimovning aytishicha, boshqarmaga soat 13:10 da Yangiyo‘l shahridan oqib o‘tuvchi Jo‘nariq kanalida cho‘milmoqchi bo‘lgan 16 yoshli M.I. cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

“Cho‘kib ketgan bolani topish uchun 3 nafar g‘avvos qutqaruvchilar jalb qilindi. Natijada 4 iyun kuni soat 10:00 larda bolaning jasadi topildi”, — dedi FVB mas’ul xodimi.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat tegishli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!