Yangilik! 1 oktyabrdan eski mashinani yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi

Yangilik! 1 oktyabrdan eski mashinani yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi

Prezident O‘zbekistonda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

Unga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabrdan Trade-IN dasturi ishga tushadi. Ya’ni shu sanadan boshlab odamlar ustiga ozroq pul qo‘shib, eski mashinasini yangisiga almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, qarorda quyidagilar ham nazarda tutilgan:

✅ yengil mashina ishlab chiqarish hajmi yiliga 350 mingtaga yetkaziladi;

✅ yengil avtomobillar o‘rtacha 60 foizgacha mahalliylashtiriladi;

✅ yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmi yiliga 10 mingtagacha oshiriladi;

✅ yiliga 100 mingta avtomobil eksport qilinadi;

✅ qator avtomobil modellari yangilanadi;

✅ aholining barcha qatlamlari qurbi yetadigan arzon avtomobillar ishlab chiqariladi.

Shuningdek, «UzAutoMotors» bilan 2019 yil 1 oktyabrdan keyin shartnoma qilingan mashinalar aksiz solig‘idan ozod etiladi.

2019 yil 1 dekabrgacha «General Motors» bilan 2019-2022 yilga mo‘ljallangan barcha muzokaralar va shartnomalar nihoyasiga yetkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!