Yangi Zelandiyada 50 ta qora delfin o‘zini qirg‘oqqa tashladi

Yangi Zelandiyada 50 ta qora delfin o‘zini qirg‘oqqa tashladi

Yangi Zelandiya janubiy orollarining shimoliy qismi, Kraystcherchning shimoli-g‘arbida joylashgan Faruell-spit qirg‘oqlariga 50 ta qora delfin suzib chiqdi. Ularning to‘qqiztasi nobud bo‘ldi. Bu haqda Radio New Zealand radiosiga tayanib «TASS» xabar berdi.

Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelganlar u yerdan 49 ta qora delfinni topdi. Jonivorlar Golden Bey ko‘rfazining Faruell-spit qismidagi sayoz joylarda turib qolgan. Qutqaruv guruhi yetib kelgunicha ularning to‘qqiztasi nobud bo‘ldi, qolganlarini qutqarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Yangi Zelandiya Tabiat va tarixiy obidalarni muhofaza qilish departamenti xodimi Amanda Xarvining so‘zlariga ko‘ra, tirik qaolgan delfinlar «o‘zlarini yaxshi his qilmoqda», qutqaruv guruhi ularga to‘lqinlar tinganidan keyin dengizga chiqishiga yordam beradi.

Avval, 2017 yilda Faruell-spit qirg‘oqlarida qora delfinlarning ommaviy nobud bo‘lishi kuzatilgan. Qirg‘oqqa chiqib qolgan 700 ta delfinning 250 tasi nobud bo‘lgan va 450 tasi qutqarib qolingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!