Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

A A A
Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida xalqimizni Navro‘z ayyomi va muqaddas Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan qutladi. Toshkentning qadim tarixini yodga olib, u bugun ham hayotning barcha jabhasida mamlakatimizda yetakchi bo‘lib kelayotganini ta’kidladi.

– Biz aholi talabidan kelib chiqib, oxirgi yillarda Toshkentda juda ko‘p qurilishlar qildik. Endi uning rivojlanish istiqbollarini o‘ylashimiz kerak. Xalqimiz “maslahatli to‘y tarqamas” deganidek bugun sizlar bilan Toshkentning kelajagini kengashish uchun yig‘ildik, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xususan, so‘nggi 6 yilda Toshkentda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 baravar ko‘paygan. Biznes muhiti yaxshilangani, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgani natijasida 26 milliard dollar investisiya kiritilgan.

Qurilish jarayonlari ham jonlanib, yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxona va inshootlar barpo etilgan. Shuningdek, 30 ming o‘rinli maktablar, 20 ming o‘rinli bog‘chalar, 2 ming o‘rinli tibbiyot muassasalari, 200 gektar maydonda parklar, 10 dan ziyod yirik sport majmualari qurilgan.

Shaharda jamoat transportini rivojlantirish maqsadida 14 ta metro bekati ishga tushirilib, kunlik yo‘lovchi qatnovi 1 milliondan oshdi. Yil yakunigacha yana 5 ta bekat foydalanishga topshiriladi.

Ma’lumki, bugungi kunda poytaxtimizda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Shu bois shaharda yiliga 20 mingdan ziyod xonadonli ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor.

Prezidentimiz poytaxt istiqbolini belgilashda uzoqni o‘ylash kerakligini ta’kidladi.

– Poytaxtimizning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarur. Chuqur o‘ylangan urbanizasiya siyosati – turmush sharoiti, iqtisodiy rivojlanishga, odamlar kayfiyati va madaniyatiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur va turkiyalik mutaxassislar bilan birga, Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi. Unda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, qurilishlarni shahar tashqarisida amalga oshirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash, Toshkentning me’moriy qiyofasini saqlab qolish masalalari ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida Yangi Toshkentni qurish rejalashtirilgan. Xalq deputatlari va jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilinib, 3 xil loyihadan eng maqbuli tanlab olingan.

Yangi Toshkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi. Davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.

Yana bir muhim tomoni – bu loyihani amalga oshirishda zamonaviy urbanizasiya yondashuvlari asosida “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. “Yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida, piyodalar va velosipedchilarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.

Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi. Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunellar hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.

Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generasiya” stansiyasi quriladi. Ya’ni, bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitilib, yozda esa sovutiladi.

Yangi Toshkent loyihasida suv tejovchi texnologiyalar hisobiga suv sarfi 2 baravar kamayadi. Oqova suvlar ham zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, sug‘orish va texnik maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.

Yangi shaharda innovasion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, IT-park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent poydevoriga kapsula qo‘yib, uning qurilishini boshlab berdi.

- Ulug‘ ayyom arafasida ezgu niyatlar bilan qurilishni boshlayapmiz. Inshoolloh, bu Yangi O‘zbekiston tarixida yangi sahifa bo‘ladi, - dedi davlatimiz rahbari.

Bu shahar uchun, shuningdek, poytaxtimiz uchun ham qo‘shimcha energiya ta’minoti zarur. Birgina Toshkent shahrining o‘zida so‘nggi 6 yilda elektr energiyasi iste’moli 30 foizga oshib, qariyb 8 milliard kilovatt-soatga yetgan. Bu talab tobora ortib bormoqda.

Shu bois Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha katta dastur qabul qilindi. Unga ko‘ra, poytaxt ehtiyojini ta’minlash uchun jami quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta quyosh stansiyasi barpo etilishi belgilangan. Ulardan birinchisi – Qibray tumanida 400 megavattli fotoelektr stansiyasini qurish boshlangan.

Shuningdek, yana 3 ta loyiha bo‘yicha Xitoyning “CEEC-Gezhouba” hamda “China Dating Overseas Investment” kompaniyalari bilan kelishuvga erishilgan. Bular – Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘ka tumanda 300 megavattli stansiyalardir.

Marosimda mazkur 3 ta loyihaga ham start berildi.

Ularga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritiladi. Yil yakunigacha ular bo‘yicha dastlabki 300 megavatt quvvatlar ishga tushiriladi. Bu stansiyalar to‘liq quvvatga chiqqandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqaradi va poytaxt ehtiyojining yarmidan ko‘pini qoplaydi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yuqori kuchlanishli tarmoqlar qurilib, eskirgan transformator va elektr tarmoqlari yangilanishi ma’lum qilindi.

– Poytaxtimizda amalga oshirayotgan barcha-barcha maqsad, reja va dasturlarimiz aholimiz uchun, uning bugun kechagidan, ertaga bugungidan yaxshiroq yashashi uchun, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda qayd etilganidek, Yangi Toshkent chinakam ekologik shahar bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda “Markaziy bog‘” barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.

Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga ushbu boqqa ko‘chatlar o‘tqazdi. Tadbirda ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari bilan muloqot qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Rossiya Qrimdan harbiy texnikani olib chiqib ketmoqda

Россия Севастополдаги ҳарбий базадан ҳарбий техникани оммавий равишда олиб чиқиб кетмоқда, чунки у фронтда тақчил, деб хабар берди "АТЕШ".

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Xorazm snaryad portlabdi" degan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Ҳозирда Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокуратураси томонидан дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда

Xorazmda metallomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Qurbon bor

Манбага кўра, снарядлар Қорақалпоғистон Республикаси Амударё туманида ҳарбий хизматчилардан сотиб олинган.

Rossiyadan qattiq ogohlantirish: “Dronlar uchun javob berasizlar!”

Россия сўнгги уч кун давомида Украина томонидан амалга оширилган дронлар ҳужумига "муносиб жавоб" беришини маълум қилди.

"Uchburchak urush": Rossiyaning yangi jangovar uslubi ochiqlandi

Россия армияси фронтда "уч томонлама бўғиш" тактикасини кенг қўллашни бошлади.

Dahshat: ona o‘z qizini o‘ldirish uchun 100 ming rubl evaziga killer yolladi

Бу ҳақда Life.ru нашри ШОТ Телеграм-каналига таяниб хабар берди.

Rossiya Ukrainaga 250 ta dron va 14 ta “Iskander-M” ballistik raketasi bilan hujum qildi

Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Gamburg vokzalidagi pichoqli hujum oqibatida jarohatlanganlar soni 18 kishiga yetdi

Bild'нинг ёзишича, 39 ёшли немис аёли руҳий касалликка чалинган бўлган ва жиноятдан сўнг психиатрия бўлимига ётқизилган.

Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

Воқеа Учтепа тумани Бешқайрағоч кўчасида содир бўлган

Samarqandda dala hovlida boqilayotgan sher bolasi aniqlandi

Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.

Buxorodagi zapravkada yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотга кўра, ёнғин ўчиришга ҳаракат қилган фуқароларнинг тан жароҳати олиш ҳолатлари қайд этилган.

Lavrov: Rossiya Ukrainadagi rusiyzabonlarni Zelenskiy "xunta"sidan ozod qiladi!

Россия бутун Украинани, айниқса, рус тилли аҳолини Зеленский "хунта"сидан "озод қилиш" ниятида эканлигини Лавров маълум қилди.

Dunyoda Rossiya qurollariga qiziqish ortib bormoqda — Putin

"Ўзимизга керакли ҳамда экспорт потенциалига эга бўлган истиқболли ҳарбий маҳсулотларга алоҳида эътибор қаратиш керак".

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Ochlik, bombardimon va o‘lim: G‘azoda insoniyat halok bo‘lmoqda

Ғазо шимолида жойлашган турар-жой биносига Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво ҳужуми оқибатида 50 дан ортиқ фаластинлик ҳалок бўлди ёки бедарак йўқолди.

Hindistonda kuchli yomg‘irlar tufayli 45 kishi halok bo‘ldi

Уттар-Прадеш ҳукумати жабрланганларга молиявий ёрдам кўрсатишини эълон қилди.

AQSh 75 yoshli jinoyatchini qatl qildi

АҚШ 1989 йилда оиласини пичоқлаб ўлдирган, аммо охиригача айбини тан олмаётган 75 ёшли жиноятчини қатл қилди.

Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar mushtlashdi

Тўқнашувда ўндан ортиқ киши қатнашган. Шу билан бирга, улардан бири оломонни тарқатишга уринган ва «раҳбар муаммони ҳал қилади» деб айтган.

San-Diyegodagi samolyot halokati natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Эддининг айтишича, самолётнинг қулашига тонгда бу ҳудудда кузатилган қуюқ туман сабаб бўлган бўлиши мумкин.

Eron Ozarbayjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni o‘limga hukm qildi

Маҳкумнинг исми ошкор этилмади. ОАВ хабарига кўра, ҳукм қонуний кучга киргандан сўнг аниқ ҳолатлар кўрсатилмаган ҳолда ижро этилган.

Toshkent viloyatida bitiruvchilar “so‘nggi qo‘ng‘iroq” uchun pul o‘g‘irladi

Ангренда 15–17 ёшдаги тўрт нафар мактаб ўқувчиси “Damas” автомашинасидан 11 миллион сўмни ўғирлади

Qashqadaryoda “Jihodchilar” oqimining 8 nafar a’zosi qamaldi

Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Andijondagi maktabda 10 sinf o‘quvchisi dars paytida o‘qituvchisiga musht tushirdi

Ўқувчи ўзини ўқитувчи ҳақорат қилгани ва шапалоқ туширганини, шундан сўнг ўзини ҳимоя қилганини айтган.

Oq uy Eronni yadroviy fayl haqida ogohlantirdi

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Керолин Леавитт журналистлар учун ўтказилган навбатдаги брифингда маълум қилди.

Linkolnning qonga bo‘yalgan qo‘lqoplari auksionda 1,5 million dollarga sotildi

Бу ҳақда Freeman's-Hindman ауксион уйи хабар берди.

Андижондаги мактабда 10 синф ўқувчиси дарс пайтида ўқитувчисига мушт туширди

Ўқувчи ўзини ўқитувчи ҳақорат қилгани ва шапалоқ туширганини, шундан сўнг ўзини ҳимоя қилганини айтган.

Оқ уй Эронни ядровий файл ҳақида огоҳлантирди

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Керолин Леавитт журналистлар учун ўтказилган навбатдаги брифингда маълум қилди.

Линколннинг қонга бўялган қўлқоплари аукционда 1,5 миллион долларга сотилди

Бу ҳақда Freeman's-Hindman ауксион уйи хабар берди.

Агар санкциялар бекор қилинса, Эрон ядровий фаолиятини назорат қилишга рухсат беради

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи СНН телеканалида маълум қилди.

АҚШДА ҳар бешинчи бола семириб кетган

Бу ҳақда Америка президенти Доналд Трамп Оқ уйда сўзлаган нутқида айтиб ўтди.

Японияда инсон тушларини ёзиб олиш технологияси яратилди

Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.

Тактик ядро қуроли: Россия МиГ ва Су самолётларига янги ракета ўрнатмоқда

Россия тактик ядро зарядли янги бошқариладиган авиация ракетасини жорий этмоқда

Босиб олинган Ғарбий Соҳилда бир нечта кўчманчилар ҳужумлари ҳақида хабар берилди

Босиб олинган Ғарбий Соҳил ва босиб олинган Шарқий Қуддусда кеча ва бугун кўчманчилар ҳужумлари авж олди:

Фермер "ер ковлаб," ўз майдонидан олтин топди

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Дунё бўйлаб ўғирланган iPhone'лар айнан бир жойда тўпланади

Financial Times таҳририяти дунё бўйлаб iPhone'лар ўғирланишига оид йирик журналистик суриштирувни эълон қилди.

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Шимолий Корея Япония денгизи томон қанотли ракеталарини учирди

Ҳозирда снарядлар денгизга тушгани тахмин қилинмоқда.

Ўзбекистонда экологик ва атроф-муҳит бўйича Марказий Осиё тадқиқот маркази ташкил этилади

Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.

Қамчиқда Cobalt хандаққа тушиб кетди

Автомобилда ҳайдовчи ва 3 нафар йўловчи бўлган.

​​​​​​​АҚШда Исроил элчихонасининг икки ходими ўлдирилди

Гумонланувчи қўлга олинган.

Тожикистонда 2 ёшли бола боғчада каравотга осилиб қолиб, вафот этди

Маълумотларга кўра, лоқайдликка йўл қўйган 29 ёшли ходимга нисбатан жиноят иши қўзғатилган

Йўл транспорт ҳодисаси оқибатида вафот этган шахснинг қариндошига 100 млн. сўм зарар ундирилди

Жумладан, қарздорга ижро ҳужжати мазмуни тушунтирилиб, унинг талабини бажармаслик оқибатлари ҳақида огоҳлантириш берилган.

Марко Рубио: "Биз Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажми ошишини кутяпмиз"

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Исроил томони билан Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажмини ошириш бўйича музокаралар олиб бораётганини таъкидлади.

Покистонда террорчи мактаб автобусини портлатиб юборди

Ҳозирча ҳеч бир террорчи гуруҳ ҳужум учун жавобгарликни ўз зиммасига олмаган.

Байден ҳақида даҳшатли даъво: “Умри 1,5 йилдан кўп қолмаган”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.