Yandeks Google ustidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasiga shikoyat qildi

Yandeks Google ustidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasiga shikoyat qildi

O‘zbekiston Monopoliyaga Qarshi kurashish qo‘mitasida Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv  bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikkala tomon ham o‘zlariga muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

“Yandeks” O‘zbekiston Monopoliyaga Qarshi kurashish qo‘mitasiga Google korporasiyasi tomonidan sog‘lom raqobat qoidalari buzilayotganiga shikoyat qildi.

Rossiya kompaniyasi fikriga, Android operasion tizimi, Google Play va Youtube videoxostingi yaratuvchisi bo‘lgan Google korporasiyasi, smartfon ishlab chiqaruvchilarini,  zavoddan smartfonlarda o‘rnatiladigan dasturlar tanlashda cheklab qo‘yib, nosog‘lom raqobat qilayotganiga e’tibor qaratdi.

Monopoliyaga Qarshi kurashish qo‘mitasi esa Yandeks Taxi  onlayn xizmatining O‘zbekistondagi faoliyatida mavjud bo‘lgan kamchiliklar haqida xabar qildi. Xususan, iste’molchilar uchun yagona  koll-sentr yo‘qligi, kompaniyaga murojaat qilish va elektron pochta orqali amalga oshirilayotgani - o‘zbekistonlik iste’molchilar huquqlarini buzayotgani aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Yandeks, MDH hududida eng yirik qidiruv tizimidir. Kompaniya 50dan ortiq onlayn xizmatlar ham taklif qiladi. Ulardan 27 tasi O‘zbekistonda ham  taklif qilinmoqda. “Yandeks.Taksi” – xizmatlar orasida eng ommaviysi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!