Yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadagi vayronalar ostidan qutqarib olindi

Yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadagi vayronalar ostidan qutqarib olindi

Avvalroq Qahramonmarashda bedarak yo‘qolgani aytilgan O‘zbekiston fuqarosining topilgani va shifoxonaga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan xabarga ko‘ra, yana ikki nafar – 1982 yil Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan fuqaro Shotirbekova Asal Hatay viloyatida binolar orasidan hamda 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Akramjon Xoshimov Malatya viloyatida vayronalar ostidan qutqarib chiqarilgan.

Hozirda ularga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!