Yana bir oltin: Tursunoy Jabborova chempion bo‘ldi

Gresiyada o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida -87 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda Tursunoy Jabborova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbek sportchisi dast ko‘tarish mashqida 109 kg natija bilan eng yaqin ta’qibchisini 9 kgga ortda qoldirdi.
Jabborova siltab ko‘tarish mashqida 129 kg toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.
Sportchining ikki kurashdagi 238 kg natijasiga hech bir raqibasi yaqin kela olmadi va Tursunoy mutlaq chempion bo‘ldi.
1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 238 (109+129) kg
2. Entenza Rees (Kuba) – 226 (99+127) kg
3. Elizabet Ouyens (AQSh) – 222 (99+123) kg
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Sharofiddin Amriddinov ham -102 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
-
Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi bo‘yicha Rossiyaning pozisiyasi o‘zgardi
-
Rossiya Ukrainaga taslim bo‘lmaydi- Antonov
-
G‘arbning Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalari barbod bo‘lishga mahkum
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Bildirilgan fikrlar (11 )































