Yana bir davlat yangi yilni ommaviy ravishda nishonlashni taqiqladi

Yana bir davlat yangi yilni ommaviy ravishda nishonlashni taqiqladi

Latviyada 1510 yildan beri birinchi marta Rojdestvo va Yangi yilni nishonlash bekor qilindi. 6 dekabrdan boshlab mamlakatda koronavirus tarqalishini cheklash uchun favqulodda holat kuchga kiradi.

Qolgan kunlarda ko‘pgina taqiqlar o‘z kuchida qoladi.

Qarorni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Ilze Vinkele e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Latviyadagi yangi yil ta’tillari “tinchgina, oila davrasida” o‘tkaziladi.

Vinkele, shifokorlar mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirishga va kasallikni kamaytirishga qodir ekanligini ham aytgan.

Shuningdek, uyda bo‘lganda derazalarni tez-tez ochib, xonani shamollatib turishni ham uqtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!