Yana 20 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz keladi
2020 yilning 1 yanvaridan yana 20 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelishi mumkin bo‘ladi. Aksariyati Lotin Amerikasida joylashgan bu davlatlarning ro‘yhati Shavkat Mirziyoyev tomonidan 13 avgustda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘rsatib o‘tilgan.
Endi O‘zbekiston o‘z viza rejimining liberalligi bo‘yicha sobiq SSSRda Gruziyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Shu bilan fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 85ga yetdi. Yana 77 davlat fuqarolari elektron viza olib kelishi mumkin. 101 davlat fuqarolari tranzit orqali O‘zbekistonda 5 kungacha qolishi mumkin.
Quyidagi davlatlarning fuqarolari O‘zbekistonga kelib-ketishi uchun 2020 yilning 1 martidan boshlab 30 kunga vizasiz tartib joriy etilmoqda:
- Antigua va Barbuda
- Barbados
- Beliz
- Grenada
- Dominikan Respublikasi
- Meksika Qo‘shma Shtatlari
- Gvatemala Respublikasi
- Gonduras Respublikasi
- Kosta-Rika Respublika
- Kuba Respublikasi
- Nikaragua Respublikasi
- Panama Respublikasi
- Trinidad va Tobago Respublikasi
- Salvador Respublikasi
- Sent-Vinsent va Grenadina
- Sent-Lyusiya
- Bagam orollari Ittifoqi
- Dominika Ittifoqi
- Sent-Kits va Nevis Federasiyasi
- Yamayka