Samarqandda Yoshlar ishlari agentligining Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlari rahbarlari dam olish kunida dam olgani uchun viloyatga tushuntirish xati yozib bergani haqida xabar berilgandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, mazkur holat Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan va agentlikning boshqarma boshlig‘iga ma’muriy jarima qo‘llangan.
O‘tkazilgan o‘rganish davomida Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i H.To‘xtayev 2023 yil 21 may, haftaning yakshanba dam olish kuni ish yuzasidan Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida bo‘lib, agentlikning Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlari bo‘lim boshliqlaridan "Yoshlarni mahallabay yo‘l xaritalari" bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini bilish maqsadida izlagan va ularning telefon raqamlariga bog‘lana olmagan.
Shundan so‘ng 2023 yilning 23 may dushanba kuni boshqarma boshlig‘i Husen To‘xtayev boshqarmaning kadrlar bo‘lim boshlig‘i E.Davirovga Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumani rahbarlaridan yakshanba kuni telefoni o‘chirilganligi yuzasidan tushuntirish xati olish to‘g‘risida topshiriq bergan. Shundan so‘ng To‘xtayev nomiga ushbu tuman bo‘limlari rahbarlarining tushuntirish xatlari talab qilib olingan.
Mehnat Kodeksining 209-moddasida dam olish kunlarida va ishlamaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanishi, agarda kutilmagan qaysi bir ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha ishni bajarish uchun dam olish kunlari va ishlamaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagi holatda Yoshlar ishlar agentligi Samarqand viloyati boshlig‘i To‘xtayev Husen Mirzayevichga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 49-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi sababli Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.
АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.
Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.
Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.
Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.
Украина Фавқулодда ҳолатлар давлат хизмати маълумотларига кўра, Хмелницкий вилоятида тўрт киши ҳалок бўлгани ва беш киши яралангани ҳақида хабар берилган.
Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.
Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.
Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.