Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi 15 iyundan ochiladi

Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi 15 iyundan ochiladi

Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi 15 iyun kuni ochiladi. Bu haqda viloyat hokimi O‘mirzak Sho‘keev o‘zining "Facebook"dagi sahifasida yozdi.

«15 iyundan boshlab Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ochamiz. Karantin muddati uzaytirilganligi sababli ushbu ob’ekt faoliyati to‘xtatilgandi. Endi shahar mehmonlari maqbaraga tashrif buyurishlari mumkin.

Shuningdek, siz yangilangan shaharga guvoh bo‘lasiz. Maqbara sayyohlar uchun ma’naviy markaz vazifasini bajaradi. Eng muhimi, xavfsizligingiz uchun sizdan karantin talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rayman», - dedi O‘mirzak Sho‘keev.

Eslatib o‘tamiz, Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi mamlakatda xavfli epidemiya tufayli vaqtincha yopilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!