Xovos tumanida qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi ushlandi

Xovos tumanida qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi B.J. fuqaro O.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun 10 gektar zaxiradagi yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 17 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!