Xorazmda uy yonib ketdi. Aybdorlar bo‘yin tovlab kelgandi, ammo...

A A A
Xorazmda uy yonib ketdi. Aybdorlar bo‘yin tovlab kelgandi, ammo...

Insof-diyonatli odam o‘zganing haqiga hech qachon xiyonat qilmaydi, birovga ziyon-zahmat yetkazmaydi. Basharti, o‘z qilmishi, ehtiyotsizligi oqibatida o‘zgalarga ziyon yetsa, ming uzr-la madad va yordamga otlanadi, yo‘qotishning o‘rnini qoplash, dardiga malham bo‘lishga intiladi.

El-yurt ham shunday fa­zilatli odamlarni qadrlaydi.

Hazorasp tumanidagi Yangibozor qishlog‘ining «Aloqali ko‘l» mahallasida yashovchi Yor­qinoy Otanazarova va Nigora To‘rayeva (ism-shariflar o‘zgartirildi) insoniylikning ushbu farzini ado etishga ojizlik qilishdi.

O‘zgaga yetkazilgan zararni qoplash, shu asnoda aybini oq­lashga ko‘pam shoshilishmadi.

Ularning qilmishidan qo‘sh­nisi Otabek Matkarimovning xonadoni ko‘rgan ziyonni xaspo‘shlashning iloji yo‘q. Insofli odam o‘z aybi tufayli kelib chiqqan ziyonni zudlik bilan bartaraf etadi. Molini garovga qo‘yib bo‘lsa-da, qarzini uzadi. Afsuski, YO. Otanazarova va N. To‘rayeva naqd 4 million 360 ming so‘mlik ziyonni o‘z vaqtida qoplamadi. Bu zararning yetkazilishiga nazoratsiz qoldirilgan bolakaylarning o‘yinqaroqligi sabab bo‘ldi.

Ularning farzandlari S. Ibodullayev va S. Jumanazarov olovning kuchini oddiy gugurt ko‘­ma­gida sinab ko‘rishga urinishdi. Hali 10 yoshga ham to‘lmagan bolalar olovning tilsiz yov ekanini qayoqdan ham bilishsin? O‘sha kuni O. Matkarimovga qarashli hali qu­rib bitkazilmagan binoda bolakaylar uylaridan yashirincha olib chiqilgan gugurt­ning kuchini sinab ko‘r­moqchi bo‘lishdi. Nozikkina gugurt cho‘piga qamalgan olov bir pasda dahshatli ofatga aylandi. Xayriyatki, bolakaylarga ziyon yetmadi. Biroq yaqindagina xonalarga o‘rnatilgan yangi deraza va eshiklar bir necha soniyadayoq yonib kulga aylandi. Bundan kelib chiqqan ziyon miqdori 4,6 million so‘mni tashkil etdi. Imorat egasi ushbu ziyonni bo­lalarning ota-onasi qoplashini ko‘p kutdi. Lekin ular bunga shoshilishmadi. Bir necha oylarga cho‘­zilgan sabr onlari nihoyat poyoniga yetdi. Masala tuman ho­kimligi qo­shidagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya e’tiboriga havola etildi. Shunda yangi qu­rilgan imoratda sodir bo‘lgan noxush ho­disaning barcha tafsiloti yanada oydinlashdi. Ma’lum bo‘­lishicha, mash’um yong‘in chindan ham, qa­rovsiz va nazoratsiz qoldirilgan bolalarning qilmishi tufayli sodir bo‘l­gan. Bu hol tuman yong‘in xavfsizligi idorasining xulosasida ham o‘z ifodasini topgan. Ayb o‘z bolalarini qa­rovsiz va nazoratsiz qoldirgan ota-onalar zimmasiga tushdi. Shu yuzadan chiqarilgan qa­rorga muvofiq YO. Otanazarova va N. To‘rayevaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan ma’muriy jarima jazosi tayinlangan. Am­mo bundan biron-bir natija chiqmadi. Jarimaga tortilganlar qo‘sh­ni xonadonga yetkazilgan zararni qoplash naryoqda tursin, hatto vakolatli komissiya qarorini ham bajarishmadi.

Shu bois ushbu masala sudda ko‘rib chiqildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi O. Matkarimovga yetkazilgan zararni to‘liq e’tirof etdi.

Bu da’vo zararning to‘loviga rozilik bildirgan javobgar ota-onalar tarafidan ham tan olindi. Biroq da’vogarning 2,5 million so‘mlik ma’naviy zararni ham qoplash haqi­dagi talabi jiddiy muhokamaga sabab bo‘ldi. Nizo Oliy sud Plenumining «Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonun­larni qo‘l­lashning ayrim masalalari to‘g‘­risida» 2000 yil 28 apreldagi qarori talablari asosida yechim topdi. Unga ko‘ra, javobgarligi e’tirof qi­lingan YO. Otanazarova va N. To‘rayevaning zimmasiga 4 million 630 ming so‘mlik moddiy va 500 ming so‘mlik ma’naviy ziyonni o‘zaro teng ulushda qoplash, davlat boji ham­da sud xarajatlarini ham ular hisobidan undirish majburiyati yuklatildi.

Anvar Rahimov,

Xorazm viloyati sudi sudyasi,

Abdulla Sobirov,

jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Icroil «Qizil to‘y» operasiyasi doirasida 12 daqiqa ichida Eronning harbiy rahbarlarini yo‘q qildi

2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.

Isroil mojarosiga aralashgan uchinchi davlat Eron tomonidan zudlik bilan jazolanadi

Бу ҳақда Ислом Республикаси Миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

"Eron bu urushda yolg‘iz emas..."

У Исроилнинг Эрон ядровий ва ҳарбий объектларига қарши давом этаётган операциясини қоралади.

O‘zbekistonlik 3 futbolchi Angliya klubida ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketdi

Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.

"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba

Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.

Eron Isroil osmonida to‘liq nazorat o‘rnatdi

Бу ҳақда IRNA агентлиги хабар берди.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

"Biz Eron javob qaytarishini bilar edik..."

Унинг таъкидлашича, АҚШ Яқин Шарқда кейинги ҳарбий аралашувга интилмаяпти.

Eron AQShning Qatar va Iroqdagi bazalariga raketa uchirdi

Шунингдек, Эрон Қўшма Штатларнинг Ироқдаги АҚШ кучларига ҳам ракета зарбалари берди, деб ёзмоқда Clash Report.

Kaya Kallas Isroilga “orqadan zarba” bermoqda

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас тайёрлаган ҳисобот кескин танқидга сабаб бўлди.

Saida Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Президент администрацияси хабар берди.

FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?

Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?

Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.

Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan

"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.

Furqat tumanida mahalla raisi hokimning haqorati ortidan vafot etdimi?

Йиғилишда маҳалла раислари зиммасига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан топшириқлар берилган.

Zelenskiyni FPV-droni yoki snayper yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lishganmi?

Тергов натижасига кўра, Россия томонидан ёлланган полшалик нафақахўр шахс қўлга олинган

Isroil zarbalari oqibatida Eronda taxminan 500 kishi halok bo‘ldi

“Эрон ҳуқуқ ҳимоячилари” инсон ҳуқуқлари ташкилоти эса ҳалок бўлганлар сонини деярли икки баробар кўпроқ деб баҳоламоқда.

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Фожиа 30 май куни тахминан соат 18.00 да Миробод туманида содир бўлган.

Vashington Erondagi yadroviy ob’ektlar to‘liq yo‘q qilinganiga 100% ishonch hosil qilmagan

Биз Эронда режим алмашишини истамаймиз. Биз бунга уриниб ҳам кўрмаганмиз.

Damashqdagi pravoslav cherkovida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

У черковга кириб, аввал одамларга қарата ўт очган, сўнгра ўзини портлатган

9 yoshli qizini turmushga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Қизча тиббий кўрикдан ўтказилган ва унга нисбатан зўравонлик белгилар топилмаган. Аммо ҳодисанинг аниқ тафсилотлари ҳали ҳам маълум эмас.

AQSh Eronga yana qachon hujum qiladi?

Бу ҳақда Пентагон раҳбари айтиб ўтди.

O‘zbekiston fuqarolari Eron va Isroilni tezda tark etishi kerakligi aytildi

Яқин Шарқдаги вазият кескин тус олаётгани, жумладан, АҚШ томонидан Эрондаги ядровий обектларга уюштирилган ҳужумлар, ва Яман ҳусийларининг аралашуви ортидан Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги фуқароларни фавқулодда огоҳлантирди.

Trampni AQSh Konstitusiyasini buzganlikda ayblashmoqda

АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.

AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbasi: Jahon qanday munosabat bildirdi?

перацияда B-2 Spirit бомбардимончилари ва Tomahawk қанотли ракеталари ишлатилди.

Braziliyada havo sharida yong‘in chiqqach, yerga quladi. Qurbonlar bor

Шар саватида жами 21 киши бўлган. Улардан 13 нафари, жумладан учувчи омон қолган

Sergelida ayollar janjallashishi ortidan javobgarlikka tortildi

Текширув жараёнида аниқланишича, аёллар тиббиёт муассасасига тан жароҳатлари билан мурожаат қилмаган.

AQSh aviasiyasi Erondagi uchta yadroviy ob’ekt — Fordo, Natanz va Isfahonga hujum uyushtirdi —Donald Tramp

Трамп кейинги постида бу АҚШ, Исроил ва бутун дунё учун тарихий палла эканини таъкидлаган.

Dang‘arada tomorqada 55 mingdan ortiq ko‘knori, 40 dan ortiq nasha o‘stirilgani aniqlandi

Тегишли тартибда тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.