Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi

Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi

Xorazm viloyati Shovot tumani Paxtakor MFYda istiqomat qiluvchi 1961 yilda tug‘ilgan shaxs joriy yilning 21 may kuni soat 21:10 atrofida 1990 yilda tug‘ilgan kelini bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Janjal natijasida qaynota oshxona pichog‘i bilan kelinining ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Kelin olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan qaynotaga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!