Xorazmda fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Xorazmda fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.R. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini 2 500 AQSh dollari evaziga Urganch davlat universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!