Xorazmda fojia: bog‘chada ikki kishi halok bo‘ldi

Xorazmda fojia: bog‘chada ikki kishi halok bo‘ldi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani Bog‘dor mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi binosida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan yollanma ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani uchun halokatga uchrashdi. Xonqa tumani Katta  kuch mahallasida  yashovchi uch yigit temirdan yasalgan havozani ko‘targan vaqtida tepadan elektr simi o‘tganinini bir zumga unutishdi. Oqibatda  havoza elektr simiga tegib ketishi natijasida ularni elektr toki urdi. Yigitlardan ikkisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Yana biri shifoxonaga yotqizildi.

"Postda" nashriga ko‘ra, ayni paytda holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!