Xorazmda 32 yoshli ayolning suratlarini tarqatmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Xorazmda 32 yoshli ayolning suratlarini tarqatmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi ayol, 32 yoshli N.SH. o‘zini "Timur" deb tanishtirgan telegram messenjeri foydalanuvchisi bilan tanishib qolganligi va unga sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini yuborgani, ammo u ijtimoiy tarmoqlarda ushbu fotosuratlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1.500 AQSh dollari pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu tovlamachi Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi erkak, 34 yoshli B.F. ekanligi aniqlangan.

B.F. talab qilingan pullar o‘rniga fuqaro N.SH.dan “Samsung Gallaxy S20” telefoni va 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Jinoyat sodir etgan B.F. O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi

Qonunga muvofiq, B.F. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!