Xorazm viloyatining savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va sayyohlik imkoniyatlari Pekinda o‘tkazilgan forumda taqdim etildi

Xorazm viloyatining savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va sayyohlik imkoniyatlari Pekinda o‘tkazilgan forumda taqdim etildi

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi delegasiyaning Pekinga amaliy safari davomida mamlakatimiz elchixonasida Xorazm viloyati hokimligi hamda Xitoyning xorijda sanoatni rivojlantirish uyushmasi bilan birgalikda "O‘zbekiston – Xitoy: savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm forumi" tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ishtirokchilar Xorazm viloyatida turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar jarayoni bilan tanishdilar. Viloyatning savdo-iqtisodiy jihatdan jozibadorligi, turizm salohiyati hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoit va afzalliklar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. Yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Xitoy kompaniyalari Xorazmda tashkil etilgan erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishga hamda hamkorlikda yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishga chaqirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xitoyning xorijda sanoatni rivojlantirish uyushmasi bosh kotibi Szyan Yun ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotganini ta’kidlab, ushbu mamlakat kompaniyalari O‘zbekiston bozorida faoliyat olib borishga qiziqishi katta ekanini bildirdi.

O‘z navbatida, Xitoy ishbilarmon doira vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Xorazm viloyati mas’ullaridan batafsil javob olishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston va Xitoy biznes vakillari o‘rtasida B2B va G2B shaklida muzokaralar o‘tkazildi.

Forum davomida o‘tkazilgan tor doiradagi uchrashuvlarda turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!