Xonqiz qishlog‘idagi «Xonqiz» yoxud 9 maktabdagi zo‘ravon direktorga chora ko‘radigan mard bormi?!

A A A
Xonqiz qishlog‘idagi «Xonqiz» yoxud 9 maktabdagi zo‘ravon direktorga chora ko‘radigan mard bormi?!

Tahririyatga Farg‘ona tumani Xonqiz qishlog‘ida yashovchi nafaqadagi o‘qituvchi Alijon Bakirjonovdan shikoyat arizasi kelib tushdi. Unda Farg‘ona tumanidagi 9-maktabdagi nohaqliklar qalamga olingan. Jumladan, ushbu ta’lim muassasasida mehnat qilayotgan jiyani Mahliyo So‘fiyevani maktab direktori X.Turdimatova tomonidan muntazam haqoratlanishi, nohaq ishdan bo‘shatilgani va maktabda nosog‘lom muhit hukm surayotgani yozilgan. 

“Jiyanim, So‘fiyeva Mahliyo uch yildan buyon tumandagi 9-maktabda rus tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. 2017 yilning avgust oyida u maktab direktori X.Turdimatova tomonidan haqoratlanib, og‘zaki buyruq bilan nohaq ishdan bo‘shatiladi. Qo‘liga hech qanday ogohlantirish xati berilmaydi. 3 oylik homilador So‘fiyeva Mahliyo kamsitilgani, sog‘ligi yomonlashgani sababli shifokorga murojaat qiladi. Natijada bir hafta davomida uyda davolanadi. Shundan so‘ng viloyat kasaba uyushmalari federasiyasiga murojaat qildik. Arizamizni o‘rgangan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘limi rahbari O.Rahmonov masalani o‘rganib, nohaq ishdan bo‘shatilganini aniqlaydi. 

Mutasaddilar maktab jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazib, jiyanimni ishga tiklab ketdi. Bu vaqtda maktab direktori malaka oshirishda bo‘lgani uchun kasaba uyushmasi a’zolari yig‘ilishida ishtirok etmadi”. 

Bu paytda Mahliyo So‘fiyevaning turmush o‘rtog‘i Elyor So‘fiyev ham shu maktabda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlar edi. Ammo u ham ikkki o‘t orasida qolgani uchun o‘z xotiniga yordam bera olmaydi. 

Bu shikoyat ortida inson taqdiri yotibdi. Shu bois muammoga oydinlik kiritish va masalani xolis o‘rganish maqsadida 9-maktabga bordik. Biz borgan payt maktabda o‘quv yili yakunlanayotgan edi. Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elmurod Karimov muddaomizni eshitib, tumani xalq ta’limi bo‘limidan ruxsat olib kelishimizni, aks holda maktabga kirita olmasligini bildirdi. Direktor Xolida Turdimatovaga qilgan qo‘ng‘iroqlarimiz esa javobsiz qoldi. 

Jurnalistik odob qoidalarini buzmagan holda o‘z haq-huquqlarimizni tushuntirmoqchi bo‘ldik. Ammo Elmurod Karimov bir gapni ushlab olib, bizni eshitishni xohlamadi. Undan faqatgina maktabda 748 nafar o‘quvchi o‘qishini bilib oldik, xolos.

Shundan so‘ng tuman xalq ta’limi bo‘limiga bordik. Dastlab, mudir Rasuljon Turg‘unovni viloyatda yig‘ilishda deyishdi, so‘ng o‘zi bilan qo‘l telefoni orqali gaplashganimizda tuman markazida tadbirda ekanini aytdi.

Rasuljon Turg‘unovga juda ko‘p savollar berdik: «Nega 9-maktabga kirishimizga rozi bo‘lmayapsizlar? Nega maktab hayoti bilan tanishishga ruxsat bermayapsizlar? Maktabning tumandagi reytingi qanaqa? O‘tgan uch yil davomida maktab bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” kabi tanlovlarda qanday natija qayd etgan?» kabi savollarimiz javobsiz qoldi. 

Aksincha, mudir Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasida ishlovchi Umid ismli xodimga qo‘ng‘iroq qilishimizni tayinladi. U bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining qo‘l telefoni orqali gaplashdik. Umidjon ham maktabga kiritilmayotganimiz sababini izohlay olmadi. 

Va nihoyat yana tuman markazidan 35 km. uzoqlikdan yo‘l bosib, Mindon qishlog‘iga qaytdik. 

Ismi sir qolishini istagan o‘qituvchi biz bilan suhbatda quyidagilarni aytib berdi:

— O‘quv yili yakunlanishini hech kim menchalik kutmayotgan bo‘lsa kerak. Chunki bu erda ishlash bugungi kunda qahramonlik bo‘lib qoldi. Birinchi navbatda direktorimiz Xolida Turdimatova bilan ishlash azobga aylanib qoldi. Arzimagan narsaga jahli chiqadi, o‘quvchilar oldida ham bizni behurmat qiladi. Sal narsaga baqirib, ishdan bo‘shatish haqida tahdid qiladi. To‘g‘risi, siz bilan uchrashib, gaplashayotganimni birov ko‘rib qolishidan qo‘rqyapman. Sababi, u bu haqda bilib qolsa menga yana tahdid qilishni boshlaydi. Kimki uning ustidan shikoyat qilsa, oxir-oqibat o‘zi aybdor deb topiladi. Agar jahli chiqib turgan bo‘lsa, o‘sha xodimni ishdan bo‘shatib yuboradi. Maktabda guruhbozlik avj olgan. Direktor bu kabi illatlarni yo‘qotish, maktabda sog‘lom muhitni rivojlantirish o‘rniga o‘zi bosh-qosh bo‘lib nosog‘lom muhitni shakllantirib qo‘ydi. 

Yig‘ilishlarda hech kimni ayab o‘tirmaydi. O‘qituvchining zig‘irdek aybini topib olsa, uni barcha hamkasblari oldida sharmanda qiladi. Qishloq joyda ayollarga boshqa ish yo‘qligi, boshqa maktablar bu qishloqda yashovchi ayol o‘qituvchilarga uzoqlik qilgani uchun noiloj shu maktabda ishlashga majburmiz. Agar oilamizdagi sharoit yaxshi bo‘lganida, turmush o‘rtog‘imiz ko‘proq pul topganida, bir daqiqa ham bu ayol rahbarlik qilayotgan maktabda ishlamasdik.

— Men bu dunyoda adolat, haqiqat yo‘qligiga yana bir karra ishondim, — dedi jabr ko‘rganlardan yana biri. — Men bu maktabda hamshira bo‘lib ishlardim. 2017 yilda paxta paytida bir-ikki kun sababli paxtaga chiqmaganim, direktorning ayrim noqonuniy talabini bajarmaganim uchun menga tazyiq o‘tkazishni boshladi. Shunday qilib direktor hech kun bermagach, boshqa maktabga ishga o‘tib ketishga majbur bo‘ldim. Hozirgi kunda uyimdan 35 km. uzoqlikdagi maktabga borib, ishlayapman.

— Maktabimiz o‘quvchilari bilimga chanqoq, iqtidorli o‘quvchilar. Menga eng alam qilayotgani shunday iqtidorli va iste’dodli bolalar maktabdagi guruhbozlik, ayirmachilik orqasidan yetarli bilim ololmayapti. Direktorning men bilan teskari bo‘lib qolishiga sabab, paxta terimiga chiqmaganman. Asosiy ishim o‘quvchilarga fanni o‘rgatish, deganman. Boshqa maktablarda o‘quvchini bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasiga tayyorlaydigan o‘qituvchilarga sharoit yaratib beriladi-ku. Xolida Turdimatova maktabda o‘qituvchidan sifatli ta’lim berishni emas, turli jamoatchilik ishlarida faol qatnashishni talab qiladi. Bundan uch-to‘rt yil avval paxtaga bir-ikki kun chiqmaganim uchun haligacha men bilan teskari. Turli asabbuzarliklar dars sifatiga ham ta’sir qilmay qolmayapti, — dedi yana bir o‘qituvchi.

Nega shuncha muammo va kamchiliklar bo‘la turib bu haqda maktab jamoasi emas, nafaqadagi o‘qituvchi yuqori tashkilotlarga shikoyat yozmoqda? Nega o‘qituvchilar o‘z ismi shariflarini bu qadar sir tutishni so‘ramoqda? Nega ular “bizga hech narsa qilmaydimi?” deya qayta-qayta so‘ramoqda?

— O‘qituvchilarning dardi ichida, — dedi arizachi Alijon Bakirjonov biz bilan suhbatda, — Sababi, ular tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiriga shikoyat qilsa, direktorga mudir hech qanday chora ko‘ra olmaydi. Chunki direktor Xolida Turdimatova Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ma’rufjon Turdimatovning qonuniy turmush o‘rtog‘i. Shuning uchun Xolida Turdimatovaning hatto tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri ham mushugini pisht deya olmaydi. 

So‘zimiz Mahliyo So‘fiyevaga bo‘layotgan tazyiqlar haqida edi. Mahliyoning turmush o‘rtog‘i Elyorjon So‘fiyev bo‘layotgan ishlarga dastlab e’tibor bermadi, so‘ngra xotini va boshlig‘i o‘rtasidagi tortishuvga chidamadimi yoki boshqa sabablar ham bor edimi, hayu-hayt deb Rossiyaga ketvordi. Mana bir yildan buyon u Rossiyada oshpazlik qilmoqda.

— 2016-2017 o‘quv yilida maktabning sakkiz nafar o‘qituvchisi boshqa maktablarga ishga o‘tib ketdi, — dedi yana bir o‘qituvchi. – Direktorimiz juda qasoskor ayol. Kimdir unga gap qaytarib qo‘ysa, yoki fikrlari va qilayotgan xatti-harakatlari noto‘g‘ri ekanligini aytib qo‘ysa, boshi baloga qoladi. Direktor ana shu o‘qituvchini ishdan bo‘shatmaguncha tinchimaydi. Har qanaqasiga ayb topib, boshqa hamkasblarimiz oldida izza qilaveradi. 

Direktor Xolida Turdimatova bilan bog‘lanish uchun qilgan urinishlarimiz samara bermadi. Maktabdan topolmadik, telefon raqami esa doimo band rejimida turibdi. 

A.Bakirjonovning arizasida, shuningdek, maktab bog‘idagi meva-chevalar sotuvidan tushgan pullar o‘zlashtirib yuborilgani, o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilariga majburiy ravishda kitob sottirilganligi, yuqori sinf o‘quvchisining noo‘rin xatti-harakatlari sabab boshqa maktabga majburiy ravishda o‘tkazib yuborilganligi kabi vajlar ham keltirilgan. 

Ammo maktabga kira olmaganligimiz, direktorni topa olmaganligimiz, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiridan ham savollarga javob ololmaganimiz uchun bu vajlar nechog‘li haqiqatga mos kelishini ayta olmaymiz. Qo‘limizda esa Alijon Bakirjonovning yuqori tashkilotlarga yozgan o‘nlab shikoyat va arizalarining nusxalari mavjud. 

Bu masalaga Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi javob beradi, deb umid qilamiz.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Zelenskiy Klichkoning so‘zlaridan so‘ng jiddiy ogohlantirish yubordi

Бу унинг Киев мэри Виталий Кличконинг Киев режими раҳбарини Украинада ҳукм сураётган авторитаризм борасидаги танқидига жавоби бўлди.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi

Бошқа тафсилотлар ошкор этилмади.

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Амирликлар учун жуда муҳим кун ва ажойиб кеча яқинлашмоқда.

Hindiston cho‘kib ketmoqda - yarim milliondan ortiq qurbonlar

Ҳиндистон шимоли-шарқида муссон ёмғирлари сабаб бўлган сув тошқинлари ва кўчкилар қурбонлари сони 36 кишига етди, 550 мингдан ортиқ аҳоли жабр кўрди.

"Ishoning, bizda ham javob tariqasida suratga olishga arzigulik narsalar bor" - Shoygu

Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.

Avstriya Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng Zelenskiyning taqdiri dahshatli bo‘lishini bashorat qilmoqda

Россия урушдан олдин этник руслар яшаган ерларни озод қилган ва назорат қилади.

Ukraina yadroviy muvozanatni buzdi

Операция жуда пухта ишлаб чиқилди: украиналиклар дронларни яширинча Россияга олиб кирган

Ukrainalik desantchilar rossiyalik harbiylarni asirga oldi

"Россия Федерацияси ҳудудидаги ўз бўлинмаларида уларга нисбатан шафқатсиз муносабат, руҳий тазйиқ ва таҳдидлар қўлланилган," - дейилади хабарда.

Ukrainaning "Pautina" amaliyoti: Putinning yadroviy samolyotlari dronlar bilan yo‘q qilindi

2025 йил 1 июнь куни Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) томонидан амалга оширилган “Паутинa” номли махсус амалиёт доирасида Россиянинг икки муҳим стратегик ҳаво базаси дронлар орқали ҳужумга учради.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

"Drondan faqat siz emas, biz ham foydalanishni bilamiz" - Rossiya Ukrainaga hujum qildi

Унинг таъкидлашича, ҳужумда камида олтита дрон ишлатилган.

BAA - O‘zbekiston o‘yinini qaysi telekanallar orqali tomosha qilish mumkin?

Ўйин Тошкент вақти билан 21:00да старт олади.

Boshlandi! AQSh Kiyevga va’da qilingan raketa komponentlarini o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirdi

Бу ҳақда The Wall Street Journal хабар бермоқда.

Fransiya va Belgiya Rossiya gazini taqiqlashdan voz kechdi

Маълум қилинишича, Брюссел Москва гази импортини тўлиқ тақиқлаш бўйича режа ишлаб чиқмоқда

Er yuzidagi eng issiq yil qachon keladi?

Шунингдек, унинг сўзларига кўра, 70 фоиз эҳтимол билан 2025 йилдан 2029 йилгача ҳароратнинг ўртача кўтарилиши Париж келишувида қайд этилган чегаравий қиймат - 1,5 даражадан ошади.

GHF guruhi G‘azoda yordam joylarini ikkinchi kun ham yopiq qoldirdi

Исроил ва АҚШ томонидан қўллаб-қувватланадиган GHF ташкилоти Ғазодаги ёрдам тарқатиш нуқталарини иккинчи кун ҳам очмаслигини эълон қилди. Бу қарор фожеали ҳужумлардан сўнг қабул қилинди.

Erondan Naxchivon orqali Turkiyaga ketayotgan yuk mashinasidan katta partiya marixuana topildi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

"Бизга зарар етказмоқчи бўлганларнинг мамлакатимизга киришига йўл қўймаймиз", деди Трамп.

Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Trampning yangi qonun loyihasiga qarshi kurashmoqda

Ушбу қонун лойиҳаси федерал харажатларни ва АҚШ давлат қарзини янада оширишни назарда тутади. Маск эса бошидан харажатларини 2 баравар камайтириш тарафдори эди.

Rossiyaning zarbalari tufayli Ukrainaning Sumi viloyatidan 8 mingga yaqin bola evakuasiya qilindi

Бу ҳақда Шарқий Европа ҳисобот бюросига вилоят ҳарбий бошқармаси бошлиғи Олег Григоров маълум қилди .

Bayden prezidentlik davridagi imzolari uchun tergov qilinadi

АҚШ президенти Доналд Трамп собиқ президент Жо Байденнинг руҳий саломатлиги яширилгани ва автокалам орқали қарорлар имзолангани ҳақида тергов ўтказишни буюрди. Байден эса бу айбловларни рад этиб, барча сиёсий қарорлар шахсан ўзи томонидан қабул қилинганини билдирди.

Isroil 2024 yilda 14 mlrd dollarlik harbiy shartnomalar tuzgan

Ғазодаги урушга халқаро танқидлар кучайиб бораётган бир пайтда, Исроил 2024 йилда тарихдаги энг йирик мудофаа шартномаларини — қарийб 15 млрд долларлик келишувларни имзолади. Келишувларнинг ярмидан кўп қисмини Европа давлатлари ташкил этди.

Hindistonning yetti shtatida kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Мамлакатнинг шимоли-шарқида 29-майдан бери ёғингарчилик давом этмоқда.

Tramp Isroilga G‘azodagi genosidni davom ettirish uchun ruxsat berdi(mi)?

АҚШ шу тариқа Ғазода инсониятга қарши содир этилган жиноятларни қўллаб-қувватлашини очиқ тасдиқлаган.

Samarqanddagi transformatorda yong‘in chiqdi

Шунга кўра, 1 та ёнғин қутқарув экипажлари жалб қилиниб, воқеа жойига соат 14:31 етиб бориб, амалий ёрдам кўрсатилди.

Kanada immigrasiya qonunlarini yanada murakkablashtirmoqda

Канада ҳукумати мамлакатда ноқонуний миграция ва жиноят оқимини чеклаш мақсадида янги, қаттиқроқ миграция қонун лойиҳасини тақдим этди. Унга кўра, бошпана сўровлари чекланиши ва миграция аризаларини кўриб чиқиш вақтинча тўхтатилиши мумкин.

Tramp: «Si Jinping bilan kelishuv qilish juda qiyin»

АҚШ ва Хитой савдо бўйича келишувига эришолмаслиги мумкин. Доналд Трамп Си Жинпингни «жуда қаттиқ» ва келишувга бориши қийин етакчи деб атади. Бу айниқса камёб металллар экспортидаги баҳслар фонида содир бўлмоқда.

NATO Yevropa davlatlarini havo mudofaasini besh barobar kuchaytirishga chaqirdi

НАТО Европа мамлакатларини Россия хавфига жавобан қитъадаги ҳаво мудофааси имкониятларини беш баробар оширишга чақирди. Бу ҳақда Bloomberg агентлиги хабар берди.

Hindistonda noma’lum yirtqich hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

NDTV телеканали хабарига кўра, Мадҳя-Прадеш штатида содир бўлган ҳодиса оқибатида ўндан ортиқ киши жароҳат олди, яна 6 киши ҳалок бўлди.

18 yil oldin yo‘qolgan 3 yoshli qizaloq qaytadan qidirilmoqda

Ўша пайтда у уч ёшда эди. Ҳодиса содир бўлган кечаси унинг ота-онаси дўстлари билан кечки овқатда бўлишган, қизалоқ эса меҳмонхона хоналарида уйқуда бўлган. Айни пайтда номаълум шахс уни олиб кетган.

Trampning nabirasiga "kuyov" keldi

"Куёв" кечқурун девордан ошиб ўтган.

Pokistonda zilzila paytida 200 dan ortiq mahkum qamoqxonadan qochib ketdi

Reuters агентлигининг хабар беришича, Покистоннинг Карачи шаҳрида жойлашган Малир қамоқхонасидан камида 216 маҳкум зилзила сабабли эвакуация пайтида қочиб кетган.

Fransiyada erkak masjiddan Qur’on o‘g‘irlab, uni eshik oldida yoqib yubordi

Бу ҳақда 3 июнь куни Рона департаменти масжидлари кенгаши сайтида хабар берилди.

Toshkentda 19 yoshli yigit osilgan holda topildi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан Яшнобод тумани прокуратураси томонидан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Rossiyada World of Tanks o‘yinini yaratgan kompaniya milliylashtirildi — OAV

Россиянинг энг йирик IТ-ассоциациялари президент Владимир Путинга мурожаат билан чиқиб, бу ҳолат компанияни тортиб олишга уринишга ўхшашини айтган, бироқ бу мурожаат жавобсиз қолган.