Xon Yunisga gumanitar yordam yetkazish deyarli to‘xtatildi — BMT

Xon Yunisga gumanitar yordam yetkazish deyarli to‘xtatildi — BMT

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida Xamas va Isroil kuchlari o‘rtasidagi shiddatli janglar G‘azo janubidagi Xon Yunisga gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hozirda faqat G‘azo va Misr chegarasi yaqinidagi Rafahga gumanitar yordam yetkazilayotganini bildirdi.

Oxirgi uch kun ichida yuk mashinalari taqchilligi, telekommunikasiya tarmog‘ining uzilishi va BMT xodimlarining Rafah o‘tkazish punktiga yetib bora olmasligi sababli BMT G‘azoga gumanitar yordam yetkazishda qiynalmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!