Xitoyning 4 kompaniyasi AQShdan "badarg‘a qilinadi"

Xitoyning 4 kompaniyasi AQShdan "badarg‘a qilinadi"

AQSh hukumati Xitoyning to‘rtta telekommunikasion kompaniyasining mamlakatda ishlashiga berilgan ruxsatnomani bekor qilmoqchi, dedi davlat kotibi Mayk Pompeo. U bu qarorni Xitoy aloqa kompaniyalari amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligiga tahdid solayotgani bilan izohladi.

Lisenziyasiz qolishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar qatoriga Xitoyning uchinchi yirik uyali aloqa operatori China Telecom ham kiradi, deb yozadi "Kommersant".

Pompeo Xitoy kompaniyalarini "ishonchsiz" deb atadi va AQSh rasmiylari "Qo‘shma Shtatlar va boshqa davlatlar o‘rtasidagi aloqa xizmatlarini taqdim etmasliklari" uchun harakat qilishlarini tushuntirdi. Davlat departamenti, Bosh prokuratura va AQSh Mudofaa vazirligi ushbu kompaniyalar faoliyatini taqiqlashni taklif qildi. Yakuniy qarorni Federal komissiya qabul qiladi.

Bundan tashqari, Pompeo Xitoyning TikTok va WeChat dasturlari AQSh xavfsizligiga "jiddiy tahdid" tug‘dirayotganini ta’kidlab, ularni AQShda butunlay cheklash kerakligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!