Xitoyda elektromagnit to‘lqinda harakatlanadigan poyezd yaratildi

Xitoyda elektromagnit to‘lqinda harakatlanadigan poyezd yaratildi

Xitoyda "maglev", ya’ni elektromagnit to‘lqinda harakatlanadigan poyezd yaratildi. Mahalliy OAV to‘rtta vagondan iborat poyezdning sinov konveeridan chiqqani aks etgan videolavhalarni efirga uzatdilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Innovasion poyezdlarni ishlab chiqaradigan zavod Sindao shahrida joylashgan.

CCTV agentligining xabariga ko‘ra, soatiga 600 kilometr tezlikda harakatlana oladigan ushbu poyezd dunyodagi eng tez poyezd bo‘ladi.

U harakatlanayotganda ikkitadan o‘ntagacha vagonni qo‘zg‘atishi mumkin. Ularning har biriga esa 100 nafardan ortiq yo‘lovchi sig‘adi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!