Xitoyda blogerlarga tibbiyot va huquq masalalarida gapirish taqiqlandi

Xitoyda blogerlarga tibbiyot va huquq masalalarida gapirish taqiqlandi

So‘nggi 16 oy ichida Xitoy hukumati onlayn kontentni tartibga solishni kuchaytirgan va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etgan.

Xitoyda blogerlar, strimerlar va boshqa fikr yetakchilariga zarur ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib tibbiyot va huquqshunoslik mavzularida gapirish taqiqlandi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, inflyuyenserlar o‘zlari translasiya olib borayotgan platformada malakasini tasdiqlashi shart bo‘ladi. Onlayn-strimlar maydonchalari administratorlari esa ixtisoslashtirilgan kontent mualliflarining malakasini tekshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

So‘nggi 16 oy ichida Xitoy hukumati onlayn kontentni tartibga solishni kuchaytirgan va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etgan. Xususan, 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga soat 22:00 dan so‘ng strimlarni tomosha qilish taqiqlandi.

Translasiya mualliflariga hashamatli narsalar va shohona yashash tarzini namoyish etish, shuningdek, shahvoniy va provokasion mohiyatga ega kontent tayyorlash taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!