Xitoy Zimbabve davlatiga 200 ming dozada vaksina xayriya qildi

Xitoy Zimbabve davlatiga 200 ming dozada vaksina xayriya qildi

Xitoy Afrikadagi Zimbabve davlatiga 200 ming dozada Sinopharm vaksinasini hadya qildi.

15 fevral kuni Harare shahridagi xalqaro aeroportda Zimbabve vise-prezidenti va Sog‘liqni saqlash vaziri Konstantina Chivenga Xitoydan kelgan vaksinani kutib olishdi.

«Muhtoj paytlarimizda Xitoy zudlik bilan yordam bermoqda. Xitoyning ushbu xayriyasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stlik va birdamlik rishtalarini yana bir bor namoyon qilmoqda» deydi Chivenga.

Xitoyning Zimbabvedagi elchisi Guo Chaochunning aytishicha, Sinopharm vaksinasi 58 ta mamlakatga xayriya qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, Zimbabve xayriya uchun atalgan vaksinalarni qabul qilib olgan dastlabki mamlakatlardan biri bo‘ldi.

«Zimbabve bizning birodarimiz, shuning uchun unga vaksina yetkazib berish muammo emas» dedi Chaochun.

Bundan avval Xitoy Afrikadagi Misr va Ekvatorial Gvineya davlatlariga vaksina yetkazib bergandi. Shuningdek, Zimbabve prezidenti Sinopharm kompaniyasi vaksinasidan 600 ming dozada buyurtma bergan bo‘lib, vaksinaning ushbu partiyasi mart oyining boshida yetkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!