Xitoy-o‘zbek vaksinasi parlamentga taqdim etildi

Xitoy-o‘zbek vaksinasi parlamentga taqdim etildi

22 fevral kuni Xitoyning Zhifei Longcom kompaniyasi tomonidan yaratilgan va O‘zbekistonga hammualliflik huquqi berilgan vaksina Oliy Majlisga taqdim etildi. Innovasion rivojlanish vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu vaksinaning xavfsizlik darajasi 99% ni, immunogenligi esa 97% ni tashkil etadi.

Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shaxlo Turdiqulovaning ta’kidlashicha, vaksina sinovlariga ko‘ra, ikkinchi dozani qabul qilgach organizmda antitanachalarni ishlab chiqarish darajasi 11 baravar oshgan. 

«Moderna vaksinasi bilan solishtirganda ushbu vaksinaning samaradorligi 6 barobar yuqoriroq. Yana bir qulay tomoni, ushbu vaksinani oddiy muzlatgich sharoitida, 8 gradusgacha bo‘lgan sharoitida saqlash va yetkazib berish mumkin», — dedi Shaxlo Turdiqulova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!