Xitoy TIV Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi urushayotgan 155 nafar xitoylik haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Szyan jirnalistlarning shu haqdagi savoliga "Bizda bu masalada ulashadigan hech qanday ma’lumot yo‘q", deb javob berdi.
"Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, Xitoyning Ukraina inqiroziga nisbatan pozisiyasi ob’ektiv va adolatli. Biz o‘t ochishni to‘xtatish va tinch muzokaralarga ko‘maklashishga intilamiz. Bu xalqaro hamjamiyat uchun ham yaxshi ma’lum”, — deya qo‘shimcha qildi Szyan.
Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy Pekin Rossiya armiyasiga ko‘ngilli sifatida borayotgan xitoyliklarga aloqador emasligini bildirgandi. Asirga olingan xitoyliklardan biri ham Rossiya tomonida urushga hukumat buyrug‘i bilan emas, balki ixtiyoriy ravishda qatnashganini aytgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
ТИВ матбуот котиби Георгий Тихий шундай деди: Путин Зеленский билан Истанбулда учрашиш ва урушни тўхтатиш бўйича жиддий музокара ўтказиш ўрнига, Россиядан фақат шахсий ҳақоратлар эшитилмоқда.
Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.
Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.
Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.