Xitoy SHHT va uning rivojlanishini tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylantiradi

Xitoy SHHT va uning rivojlanishini tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylantiradi

Xitoy Shanxay hamkorlik tashkiloti va uning rivojlanishini tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantiradi, dedi SHHTning Xitoy milliy koordinatori elchi Chjan Xaychjou.

“Xitoy SHHT asoschisi sifatida tashqi siyosatida tashkilotga ustuvor ahamiyat beradi va uni yanada rivojlantirish va ilgari surish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshiradi”, — deya koordinator so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Uning qayd etishicha, yangi sharoitda Xitoy SHHTning asl maqsadlariga sodiq qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!